1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma, Eksport


Download 99.69 Kb.
bet23/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

30. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan aylanma, Eksport operatsiyalari) Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar; 2) ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil boʻlgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar); 3) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan gʻamlab qoʻyilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari gʻamlab qoʻyilgan narsalar deb eʼtirof etiladi; 4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar; 5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar. (2-q.) Nol darajali stavkani ayrim hollarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan. (3-q.) Nol darajali stavkani qoʻllash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi. 261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash (1-q.) Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: 1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi); 2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi; 3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar. (2-q.) Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qoʻshimcha tarzda soliq toʻlovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi) taqdim etiladi. (3-q.) Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq toʻlovchining amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab nol soliq stavkasini qoʻllash huquqini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati hamda ularni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism)

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling