1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Qo‘shilgan qiymat solig‘I (Soliq solinadigan import ,Soliq solinadigan oborot


Download 99.69 Kb.
bet26/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

33. Qo‘shilgan qiymat solig‘I (Soliq solinadigan import ,Soliq solinadigan oborot. Soliq solinadigan baza) Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi): 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard soʻmdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa; 4) faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; 5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha - oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs - oddiy shirkatning ishtirokchisi; 6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq majburiyatlari ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi. (3-q.) Quyidagilar soliq toʻlovchilar deb hisoblanmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismi 6-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno: 1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari - oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi mumkin; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar. (4-q.) Soliq toʻlovchilar soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻini (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobida turadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi: soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish; guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish; guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish; soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobidan chiqarish. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) Qarang: VMning 2022 yil 22-sentyabrdagi 595-son Qarori bilan tasdiqlangan "Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom 238-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Quyidagilar soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma; 2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. (2-q.) Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. (3-q.) Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) oʻtkazish; 3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining oʻzi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). 247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari (1-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi. (2-q.) Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Soliq bazasini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq toʻlovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi toʻlov, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan haq toʻlash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. (4-q.) Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. (5-q.) Agar sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng boʻlgan summadagi milliy valyutada haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlangan sana ularni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga toʻgʻri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII boʻlimiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim. (6-q.) Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq oʻz ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling