1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Soliq hisobotini taqdim etish, soliqni to‘lash tartibi Soliqning
Download 99.69 Kb.
|
New Microsoft Word Document
32. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (Soliq hisobotini taqdim etish, soliqni to‘lash tartibi Soliqning o‘rnini qoplash ) 273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Soliq toʻlovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotini oʻzlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart. (2-q.) Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobida turilgan joy boʻyicha har bir soliq davrining yakunlariga koʻra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻida soliq ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga toʻlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliq agentlari soliqni oʻzi soliq hisobida turgan joy boʻyicha toʻlaydi. Soliq toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart. (5-q.) Soliq hisobotiga soliq toʻlovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. (6-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni koʻzlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraqfakturalar daftarlaridagi maʼlumotlarni ham belgilangan shakl boʻyicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq toʻlovchilar boʻlmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni joʻnatuvchining) manfaatlarini koʻzlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan maʼlumotlarni kiritadi. (7-q.) Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 274-modda. Soliqning oʻrnini qoplash (1-q.) Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinadi. (2-q.) Soliq toʻlovchi oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega boʻladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra, soliq organi soliq summasining oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq toʻlovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay qaytariladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Soliqning jami summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 1) Oʻzbekiston Respublikasining yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga; 2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga - agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari qismida; 4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga; 5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa; 6) soliq monitoringi ishtirokchilariga. (5-q.) Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (6-q.) Soliq summalarining oʻrnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling