1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Yuridik shaxslarning mol-mulki solig’i (Soliq stavkalari, Soliq davri, Soliqni hisoblab chiqarish


Download 99.69 Kb.
bet33/40
Sana19.06.2023
Hajmi99.69 Kb.
#1619079
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
New Microsoft Word Document

42. Yuridik shaxslarning mol-mulki solig’i (Soliq stavkalari, Soliq davri, Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish, soliqni to‘lash tartibi) 415-modda. Soliq stavkalari (1-q.) Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) Ikkinchi qism qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi (3-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin (3-q.) Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi: (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar; 2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. 416-modda. Soliq davri Kalendar yil soliq davridir. 417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 412-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. (2-q.) Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi. (OʻzR 30.12.2022- y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Agar koʻchmas mulk, ushbu Kodeks 411-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan obyektlardan tashqari, soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida joylashmagan boʻlsa, soliq hisoboti koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi. (4-q.) Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar (bundan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlaydi. (5-q.) Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi: aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan - yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan - yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay toʻlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (7-q.) Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. (8-q.) Soliq davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi, boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi. (9-q.) Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi. (10-q.) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan soliq har yili bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanadi

Download 99.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling