1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘I (Soliq davri, Soliqni
Download 99.69 Kb.
|
New Microsoft Word Document
45. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘I (Soliq davri, Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish) 428-modda. Soliq imtiyozlari (1-q.) Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va koʻproq) uskunalari egallagan yer uchastkalari boʻyicha ular ishga tushirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga soliqdan ozod etiladi. (2-q.) Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy taʼminot obyektlari egallagan yerlar; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalarsogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; aholi punktlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar); magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar; ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar; suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar - vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida; melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar - vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga; yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, besh yil muddatga. Kuzda oʻtqazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtqazilgan koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi; (OʻzR 05.05.2022- y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi) ilmiy tashkilotlarning, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlgan yerlar va oʻrmon fondining yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi; qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas qismi boʻlgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari. (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) (3-q.) Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 429-modda. Soliq stavkalari (1-q.) Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Respublika hududlari 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln soʻmda) Toshkent shahri: 1 zona 2 zona 3 zona 4 zona 5 zona 242 193 149 99 50 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 31 Andijon viloyati 39 Buxoro viloyati 32 Jizzax viloyati 32 Qashqadaryo viloyati 32 Navoiy viloyati 32 Namangan viloyati 39 Samarqand viloyati 39 Surxondaryo viloyati 29 Sirdaryo viloyati 24 Toshkent viloyati 33 Fargʻona viloyati 33 Xorazm viloyati 32 (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (3-q.) Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-oʻn birinchi qismlar toʻrtinchi-oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin (4-q.) Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qoʻllaniladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq beshinchi-oʻn beshinchi qismlari oltinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin (6-q.) Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qoʻllaniladi: (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi xatboshi chiqarib tashlangan yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar; OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi-toʻqqizinchi xatboshilari ikkinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar; umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar; umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl qurilmalaridan iborat temir yoʻl stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan yerlar; samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar; Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar - qurilishning normativ muddati davrida; konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar - ularning konservatsiyasi davrida. (7-q.) Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (8-q.) Bunda ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari boʻyicha oʻrtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qoʻllaniladi. Har bir tuman va shahar boʻyicha oʻrtacha soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq sakkizinchi-oʻn oltinchi qismlari toʻqqizinchi-oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin (9-q.) Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud boʻlgan bonitent balidan kelib chiqkan holda toʻlanadi. (10-q.) Qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati boʻyicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan toʻlanadi. (11-q.) Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida toʻlanadi. (12-q.) Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn uchinchi qismi chiqarib tashlangan Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi (13-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn toʻrtinchi-oʻn yettinchi qismlari oʻn uchinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin (13-q.) Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyihasmeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi. (14-q.) Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi. (15-q.) Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa - 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanadi. (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (16-q.) Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanadi, bundan ushbu moddaning oʻn beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 430-modda. Soliq davri Kalendar yil soliq davridir. 431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi (1-q.) Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi: qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha - joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha - joriy soliq davrining 1-mayidan kechiktirmay. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (2-q.) Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. (3-q.) Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. (4-q.) Soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi. (5-q.) Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan yeri boʻyicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 432-modda. Soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun - yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. (3-q.) Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi: hisobot yilining 1-sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1-dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling