1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)
Aksiz solig‘i (Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish, soliq
Download 99.69 Kb.
|
New Microsoft Word Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar (
36. Aksiz solig‘i (Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish, soliq to‘lash tartibi) 290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi (1-q.) Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. (2-q.) Import qilingan, aksiz toʻlanadigan, oʻziga nisbatan aralash - advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar boʻyicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qatʼiy belgilangan stavka qoʻllanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam boʻlishi mumkin emas. 291-modda. Soliq davri Bir oy soliq davridir. 292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi (1-q.) Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. (2-q.) Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. 293-modda. Soliq toʻlash tartibi (1-q.) Soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. (2-q.) Import qilinadigan tovarlar boʻyicha soliqni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar toʻlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
37. Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar (Soliq to‘lovchilar, Soliq bazasi, Soliq stavkalari Soliq davri, hisobot davri ) 449-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi. 450-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud boʻlmaganda esa - soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yoʻqotishlar texnologik yoʻqotishlar deb eʼtirof etiladi, xususan: foydali qazilmalarni qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq yoʻqotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib boʻlmaydigan zaxiralari); (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chogʻidagi yoʻqotishlar; qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. (4-q.) Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. (5-q.) Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi; qonunchilikda belgilangan tartibda daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno. 451-modda. Soliq bazasi (1-q.) Soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi. (2-q.) Quyidagilar soliq bazasidir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi - oʻn birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha hisob-kitob qilinadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma boʻyicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga boʻlish orqali alohida aniqlanadi. (5-q.) Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (6-q.) Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (7-q.) Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. (8-q.) Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan toʻlaligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 452-modda. Soliq stavkalari (1-q.) Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Foydali qazilmalar guruhi Soliq solish obyektining nomi Soliq stavkalari, foizlarda 1. Energiya manbalari Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati 10 Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha 5 Yer ostiga joylashtirilgan gaz 2,6 Koʻmir, yonuvchi slanslar 4 2. Qimmatbaho metallar Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar 7 3. Rangli metallar Mis, qoʻrgʻoshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, alyuminiy 7 Boshqa rangli metallar 10 4. Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari Uran, toriy, radiy 8 Volfram 2,7 Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy 8 Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy 8 Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari 8 5. Nodir tosh xomashyosi Feruza, listvenit, rodonit, zmeevik, marmar yoʻl-yoʻl aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xomashyosi 10 6. Qora metallar Temir 2 Titan, marganes, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar 4 (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 7. Kon-kimyo xomashyosi Mineral pigmentlar 5,5 Yod 4,8 Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi 3,5, biroq 5 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan 8. Kon-ruda xomashyosi Eruvchan shpat, dala shpati xomashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha), tabiiy grafit 7,9 Shisha xomashyosi, kvars qum, brusit marmar 3 Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xomashyosi, felzit 4 Serpentinit va boshqa konruda xomashyosi 5 9. Noruda qurilish materiallari Sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari sement xomashyosi 5 Sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh 22 500 soʻm/tonna* Tabiiy bezaktoshdan bloklar, arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, gips toshi, gips va angidrid, ganch, marmar, ohaktosh-chigʻanoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granitlar, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabazporfiritlar, gabbro, slanes jinslari, karbonat xomashyosi, travertin 5, biroq 5 000 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan Gʻisht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar, qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shagʻal aralashmasi 5, biroq 3 750 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan Ohak ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qoʻshimchalar, magnetit - gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar 5 10. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi 453-modda. Soliq davri. Hisobot davri (1-q.) Quyidagilar soliq davridir: yuridik shaxslar uchun - chorak; jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. (2-q.) Quyidagilar hisobot davridir: yuridik shaxslar uchun - bir oy; jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling