Germaniya energetika infratuzilmasiga hujumlar sodir etilishi mumkin IIV rahbari Ekstremistlar Rossiya energiya tashuvchilari ta’minoti bilan bog‘liq mojaro va qish haqidagi xavotir kuchayib borayotganidan o‘z maqsadlari uchun foydalanishi
Download 70.53 Kb.
|
Germaniya energetika infratuzilmasiga hujumlar sodir etilishi mumkin
Germaniya energetika infratuzilmasiga hujumlar sodir etilishi mumkin - IIV rahbari Ekstremistlar Rossiya energiya tashuvchilari ta’minoti bilan bog‘liq mojaro va qish haqidagi xavotir kuchayib borayotganidan o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin, deydi Germaniya IIV rahbari Nensi Fezer. Foto: Picture Alliance Rossiya energiya tashuvchilarini Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha davom etayotgan mojaro va Germaniyada yaqinlashib kelayotgan isitish mavsumi munosabati bilan xavotir kuchayishi fonida, energetika sohasi obektlariga hujumlar yuz berishi mumkin. «Biz gaz terminallari va boshqa muhim infratuzilmalarga ehtimoliy hujumlarga tayyor bo‘lishimiz kerak», deb ogohlantirdi Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer 14 avgust, yakshanba kuni Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlin «energetika sektoriga maqsadli hujumlar yoki ekstremistlar koronavirus inqirozi davrida bo‘lgani kabi qonuniy norozilikdan o‘z maqsadlari uchun foydalanishga urinishi» ehtimolini tan oladi. Shu bilan birga, ommaviy norozilik va tartibsizliklar kutilmayapti, deya ta’kidlanadi qo‘shimcha ravishda. Shu bilan birga, Fezer ichki xavfsizlik sohasida budjetni qisqartirilmasligi haqida ogohlantirdi. Aksincha, federal politsiya bu yil 1000 ta yangi ish o‘rni yaratdi, deya qo‘shimcha qildi u. Germaniya IIV rahbari, shuningdek, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush olib borayotgan RFdan tahdid Germaniyaning ichki xavfsizlik siyosatida o‘zgarishlarga olib kelganiga e’tibor qaratdi. «Biz o‘zimizni Rossiyaning keng ko‘lamli dezinformatsiya kampaniyalari va kiberhujumlaridan himoya qilishimiz kerak», dedi u. Fezer Germaniya xavfsizlik kuchlarining ushbu sohadagi muvaffaqiyatli ishini ta’kidladi: Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyaning nemis tizimlariga birorta ham muvaffaqiyatli yirik kiberhujumi sodir bo‘lmagan. RFning Ukrainaga qarshi boshlagan urushiga javoban, Yevroittifoq Rossiya energiya tashuvchilari ta’minotini keskin cheklab qo‘yib, RFdan ko‘mir importini taqiqladi, shuningdek, neft yetkazib berishni qisqartirdi. Bundan tashqari, YeI davlatlari va Bryussel Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko‘rmoqda. O‘z navbatida, «Gazprom» bir tomonlama ravishda YeI bir qator mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi va boshqa ba’zi mamlakatlarga, xususan, Germaniyaga gaz eksporti hajmini sezilarli darajada qisqartirdi. YeI tabiiy gaz iste’molini kamaytirish bo‘yicha favqulodda vaziyat rejasini qabul qildi, unga ko‘ra, YeI barcha mamlakatlari 2023 yilning avgust oyi boshidan martigacha gaz iste’molini ushbu davrda so‘nggi besh yildagi o‘rtacha iste’molga nisbatan ixtiyoriy ravishda 15 foizga kamaytiradi. Yevrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, shu yo‘l bilan Yevroittifoq mamlakatlari jami 45 mlrd kubometr gazni tejaydi. Download 70.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling