Bojxona qoidalari t-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi
Download 15.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Naqd xorijiy valyutani olib kirish
- 3. Naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda ruxsat beriladi
- 4. Naqd milliy valyutani olib kirish va olib chiqish
- 5. O‘zbekiston Respublikasiga import qilish (olib kirish)ga taqiqlangan tovarlar
Bojxona qoidalari 1. T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishda/chiqishda bojxona qonunbuzilishining oldini olish maqsadida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvida quyidagilarni bilib olishingiz zarur: O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tayotganda 16 yoshga to‘lgan shaxs tomonidan naqd chet el valyutasi, tovar-moddiy boyliklar va boshqa shaxsiy mol-mulklarni deklaratsiyalash T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ularga tegishli bo‘lgan tovarlar va predmetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi shaxslar deklaratsiyalarida, qarindoshlik darajasi, familiyasi, ismi va tug‘ilgan yilini ko‘rsatgan holda ko‘rsatiladi. Bojxona deklaratsiyasi yo‘qolgan taqdirda deklaratsiya tiklanmaydi va uning egasi unda ko‘rsatilgan tovarlar va predmetlarni to‘siqsiz olib o‘tish huquqini yo‘qotadi. 2. Naqd xorijiy valyutani olib kirish T-6 shakldagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga naqd xorijiy valyutani olib kirish barcha toifadagi shaxslar uchun cheklanmagan. Rezidentning yoki norezidentning xohishiga qarab naqd xorijiy valyuta TS-21 kvitantsiyasi bo‘yicha saqlash uchun qabul qilinadi. 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshadigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta respublikamizga bojxona organlari tomonidan TS-28 shaklidagi guvohnomani berish bilan kiritiladi. 3. Naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda ruxsat beriladi a) rezidentlarga 2000 (ikki ming) AQSh dollariga teng ekvivalent miqdor doirasida ruxsatnoma olmasdan; b) rezidentlarga 2000 (ikki ming) AQSh dollariga teng ekvivalent miqdordan ortiqcha summa - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi bilan;
v) rezidentlarga 5000 (besh ming) AQSh dollariga teng miqdordan ortiqcha summa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bilan; g) norezidentlarga - bojxona deklaratsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga keltirilgan summa doirasida. O‘zbekiston Respublikasiga kirishdagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summalardan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqishga Markaziy bank yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi. d) yo‘l cheklarini olib chiqish, ular miqdorini T-6 bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish orqali ruxsat beriladi. Naqd xorijiy valyutani olib chiqishga ruxsat beradigan bank ruxsatnomasini boshqa shaxslarga topshirishga ruxsat berilmaydi. Bojxona nazorati paytida aniqlangan qalbaki naqd xorijiy valyuta o‘tkazilmaydi. Aniqlangan qalbaki valyuta olib qo‘yilib, qonunda belgalangan protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan ortiqcha naqd milliy valyutani O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasiga import qilish (olib kirish)ga taqiqlangan tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga quyidagi tovarlarni import qilish (olib kirish) taqiqlangan: territorial butunlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetiga putur etkazish, urushni targ‘ib qilish, terrorizm, zo‘ravonlik, milliy ustunlik va diniy nafrat, irqchilik va uning ko‘rinishlari (antisemitizm, fashizm)ni targ‘ib qilishga qaratilgan bosma nashrlar, qo‘l yozmalar, klishe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplenkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlar, gramyozuvlar va audiomateriallar, pornografik mazmundagi materiallar shuningdek tarkibida narkotik, psixotrop moddalar va prekurslar bo‘lgan dori-darmonlar. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan naqd xorijiy valyuta, yo‘l cheklari, valyuta, tovar-moddiy boyliklarni va boshqa predmetlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, og‘zaki so‘rov vaqtida bojxona xodimiga ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish bojxona qoidalarining buzilishi hisoblanadi va bunga yo‘l qo‘ygan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Qo‘shimcha ma’lumotni http://www.customs.uz saytidan olishingiz mumkin. Download 15.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling