1savol: ta'limda kredit nma


Õqish va yozuv darslariga qõyiladigan talablar


Download 194.6 Kb.
bet50/57
Sana11.11.2023
Hajmi194.6 Kb.
#1767037
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org

31. Õqish va yozuv darslariga qõyiladigan talablar.Dars ta'limining asosiy shakli hisoblanadi. Analitiksintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod õrgatish darslari xilma-xil bõlishi, õquvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qõymasligi kerak. Savod õrgatish davridagi õqish va yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bõlgan asosiy talablar mavjud:1.Umumdidaktik talablar:a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bõlib,unda bironta axloqiy sifat õstirilishi lozim;b) darsning ta'limiy maqsadi, ya'ni õquvchilar qanday yangilikni bilishi, nimani õrganishi, qanday kõnikma va malakalar õstiriloshi, õquvchilarning mistaqil fikrlashi va faolligining qanday bõlishi aniq belgilab olinishi kerak;d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog'liqligi aniq belgilab olinishi zarur;e) õtiladigan materialning xarakteri va ta'lim maqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;f) dars davomida õquvchilarga differensial va individual yondashish, ishni barcha õquvchilarning imkoniyati, bilimi va kõnikmasi hamda fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;g) õquvchilarni aqliy mehnat usullariga õrgatish,ularda maktabda õqish uchun kerakli kõnikmalarni hosil qilish zarur;i) beriladigan material ilmiy,õquvchilar yoshiga mos va muvofiq bõlsin va hokazo
32.Ona tilining tovush tuzilishi va grafikasi.O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi.1993-yildan boshlab o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun umga mos grafik shakl qabul qilindi. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi..

Download 194.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling