1savol: ta'limda kredit nma


Analitik-sintеtik tovush mеtodi va uning tamoyillari haqida ma'lumot bеring. (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009. 25-28-betlar)


Download 94.24 Kb.
bet41/56
Sana17.02.2023
Hajmi94.24 Kb.
#1206393
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
Metodika

17. Analitik-sintеtik tovush mеtodi va uning tamoyillari haqida ma'lumot bеring. (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009. 25-28-betlar).Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush metodining an'anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamnoyillari quyidagilardan iborat: I. Savod oʻrgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xaraklerda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali aqliy o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli bo'lishini talab etadi. 2. Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga bo'linadi: a) alifbegacha tayyorlov davri; b) alifbo davri. Bunda yozuvga o'rgatish o'qishga o'rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 3. Analitik-sintetik tovush asosida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e'tibor qaratiladi: a) savod o'rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; b) savod o'rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artiklliatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; d) o'qish birligi sifatida bo'g'in olinadi, bo'g'in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir: . Ta'lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod oʻrgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o'qish va yozishga tayyorligiga bog'liq). 2. O'qitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika, so'z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish. 3. Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o'qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta'- limning tarbiyaviy va o'stiruvchi xarakterini hisobga olish. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim tamoyillaridandir
18.Ona tilini o‘qitish tarixiga tavsif bеring. Kamchiliklarning sabablari nimada ekanligini ayting. (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009 12-13-betlar).Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan O'zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Benmiy, al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug'bek va boshqa kO'plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin, o'z farzandlarining savodli bo'lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq maktabga o'qishga borganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar. Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba'zi xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan. Chunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizimi : grammatik, orfografik ko'nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi . Savod o'rgatishda yaxlit so'z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik sintetik ishlar ta'minlanmadi, puxta, to'g'ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan "Boshlang' ich va o'rta maktab haqida"gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan "Boshlang'ich va o'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida"gi qarorlar yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitik sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o'rgatishga, o'quvchilarning har tomonlama savodli bo'lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat beriia boshlandi. O'quvchilar va o'qituvchining o'quv mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo'igan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi. O'tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang'ich sinflarda ona tiIi o'qitish metodikasi sohasida anchagina qo'llanmalar yaratildi.

Download 94.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling