1savol: ta'limda kredit nma


Xalqaro baholash dasturining mazmuni


Download 94.24 Kb.
bet7/56
Sana17.02.2023
Hajmi94.24 Kb.
#1206393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
Metodika

22.Xalqaro baholash dasturining mazmuni. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga boʻlgan talabni yanada oshirmoqda oʻquvchilarning taʼlim -tarbiyasi har tomonlama eʼtiborni kuchaytirildi . Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʻlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʻlmish yoshlarni ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʻor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʻlda xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʻnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida "2018 -yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: PIRLS—boshlangʻich 4- sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash; TIMSS- 4 va 8-sinf oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; TALIS-rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitish va ta'lim olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish; PISA- 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish , matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
23.TIMSS xalqaro baholash dasturi mazmuni.Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi TIMSS-4-va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi bo‘lib , tadqiqot ta‘lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)tomonidan tashkil etiladi.TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8- sinf óquvchilarining matematika va tabiiy fanlar bòyicha egallangan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta‘lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta‘lim mazmuni ,o‘quv jarayoni ,ta‘lim muassasining imkoniyatlari,òqituvchilar salohiyati ,òquvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillari òrganiladi.TIMSS dasturi òzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan bo‘lib , 2019- yilga qadar har to‘rt yilda 1999,2003,2007,2011,2015 va 2019- yillarda tashkil etib kelindi.Navbatdagi 8- davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Shu bilan birga ,1995 - yildan beri uch marta maktabning oxirgi sinfidagi òquvchilarning yutuqlarini òrganishni òz ichiga olgan " kengaytirilgan" tadqiqot òtkazilgan.

Download 94.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling