1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari
- 64.Судьяларнинг квалификацион синфлари ва уларни аттестациядан ўтказиш. 3-nizom: 14-modda.
- 2-nizom: 2-modda.
37-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi: sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; sud majlislarida raislik qiladi; quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi; sudyalarning, sud apparati xodimlarining hamda xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi; 38-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari: tegishli sudlov hay’ati ishini tashkil etadi; tegishli sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga tegishli sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. 64.Судьяларнинг квалификацион синфлари ва уларни аттестациядан ўтказиш. 3-nizom: 14-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi. 2-nizom: 2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi malaka darajalari beriladi: oliy malaka darajasi; birinchi malaka darajasi; ikkinchi malaka darajasi; uchinchi malaka darajasi; to‘rtinchi malaka darajasi; beshinchi malaka darajasi. 3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari; tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi malaka darajalari. 5-modda. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo‘lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi: beshinchi malaka darajasida — ikki yil; to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil; uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil; ikkinchi malaka darajasida — besh yil. Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi. Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin. Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling