1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Коррупцияга карши курашиш агентлиги


Download 179.52 Kb.
bet89/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

141. Коррупцияга карши курашиш агентлиги.
1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilanib, ulardan 10 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
Agentlik direktoriga boshqaruv xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlikning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlik xodimlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, ularga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq, shuningdek, avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda (mavjud bo‘lganda) martaba darajalari beriladi;
Agentlikda ishlagan davr harbiy va maxsus unvonlarni olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi hamda ularni Agentlikda ishlash davrida berish oldingi ish joyi bo‘yicha nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
3. Agentlik xodimlariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilsin.
4. Agentlik uch oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Agentlik xodimlari uchun xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish organlarida stajirovka o‘tash va tajriba almashish grafigining xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Agentlik faoliyatini, shu jumladan korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha davlat foydasiga qaratilgan mablag‘lar va qaytarilgan aktivlar hisobidan moliyalashtirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflarni kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Agentlikning yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling