1."Turonbank"atbning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda "Turonbank" atb mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi


“Turonbank” faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi


Download 0.69 Mb.
bet2/7
Sana08.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1176431
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marguba

2.“Turonbank” faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi.
“Turonbank” oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida» (yangi tahrirda), «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki to’grisida» (yangi taxrirda), «Qimmatli qogʼozlar bozori toʼgʼrisida» (yangi taxrirda), «Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonunlari (yangi taxrirda) va boshqa qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Ustan va bankning boshqa ichki hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan)ga amal qiladi . Respublika hududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar faoliyati ushbu qonun orqali tartibga solinadi. Ushbu qonunning 8-moddasiga ko’ra har bir bankning o’z ustavi bo’lib banklar shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadilar. Usbu moddaga ko’ra bank ustavida:
- bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili);
- bank operatsiyalarining ro‘yxati;
- ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;





Bank belgilangan tartibda Oʼzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqini bermagan holda oʼz filiallarini va boshqa alohida boʼlinmalarini tashkil qilishga hakli, bank tomonidan ularga taqdim qilingan vakolatlar doirasida ularga huquqlar berishi mumkin. Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan Kuzatuv kengashi qarori asosida tashkil qilinadi. Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari davlat tilidagi oʼz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtampga va oʼz nomidagi blankalarga ega.
Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari bank nomidan faoliyat yuritadilar. Bank oʼz filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari faoliyati uchun javobgar boʼladi. Filiallar va boshqa alohida boʼlinmalar boshqaruvchilari bank tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadilar. Bank nomidan ishonchnoma Bank boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan beriladi. Bankning filiallari va boshqa alohida boʼlinmalari oʼz faoliyatlarini Bank kuzatuv kengashi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradilar.
Bank Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mamlakat tashqarisida shoʼʼba banklar va vakolatxonalar ochishi, filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishi mumkin. Shoʼba banklar hamda vakolatxonalar ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallar tashkil etiladi.
Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sugʼurta faoliyati bilan shugʼullanishga haqli emas, Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisidagi qonuni hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu cheklov quyidagi hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimlarida foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan uskunani va unga doir dasturiy taʼminotni sotish yoki ijaraga berishga;

  • oʼz aktivlarini sotishga;

  • chek daftarchalarini chiqarish, realizatsiya qilish va tarqatishga;

  • sugʼurta tashkilotlari boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi rezidentlari nomidan sugʼurta shartnomasi tuzilishini tashkil etish boʼyicha faoliyatni amalga oshirishga;

  • bank oʼzi muassis boʼlgan yuridik shaxslarga oʼz mol-mulkini mulkiy ijara (arenda) shartnomasiga muvofiq ijaraga berishga.

Bankka yuridik shaxslarni tashkil etish va (yoki) yuridik shaxslarning ustan fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlarni yoki aktsiyalarni olish taqiqlanadi, bundan kuyidagilar mustasno:

  • kredit, sugurta na lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • moliya bozori infratuzilmasining bir qismi boʼlgan yoki banklarga axborot va maslaxat xizmatlarini koʼrsatuvchi yuridik shaxslar;

  • qimmatli qogʼozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

  • bankning kafolati ostida qimmatli qogʼozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shoʼʼba tashkilotlari:v

Bank oʼz faoliyatida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:

  • pul mablagʼlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;

  • toʼlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

  • kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oʼz nomidan oʼzining mablagʼlari hamda jalb etilgan mablagʼlar hisobidan berish;

  • chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;

  • jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʼyicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;

  • inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʼrsatish;

  • uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

  • uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (faktoring);

  • qimmatli qogʼozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʼozlarni boshqarish, ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish, shu jumladan metallarni masʼul saqlash hisob varaqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʼlmagan) hisobvaraqlarini yuritish;

  • qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

  • hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

  • hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;

  • lizing berish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;

  • moliyaviy operatsiyalar bilan bogʼliq maslahat xizmatlari koʼrsatish;

  • aktivlar portfelini boshqarish;

  • elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʼlash;

  • bank kartalarini berish va toʼlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar, jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʼrsatish.

Bank banklar va bank faoliyati toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʼrsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Bank Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankning (keyinchalik «Markaziy bank» deb yuritiladi) ruxsatnomasi olinganidan keyin xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlarini Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq autsorsingga topshirish huquqiga ega.
Bank quyidagi huquqlarga ega (30-band):
- omonatlar va beriladigan kreditlar boʼyicha foiz stavkalarini, qonun hujjatlariga asosan bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;
- shartnoma asosida depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarning mablagʼlarini jalb qilish hamda mablagʼlarni depozit va kreditlar shaklida boshqa banklarda joylashtirish;
- hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish; bank operatsiyalari boʼyicha toʼlov miqdorini mustaqil belgilash;
- qarzni toʼlash boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorning bankrotligi toʼgʼrisida ish qoʼzgʼatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli;
- litsenziyada, qonun hujjatlar va Bankning mazkur ustavida nazarda tutilgan, oʼz moliya-xoʼjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan boshqa xatti-harakatlar va operatsiyalarni amalga oshirish.
Bank majburiyatlari quyidagilardan iborat (31-band):
- mablagʼlarni Markaziy bankda zahiraga qoʼyish va belgilangan prudentsial normativlarga rioya qilish boʼyicha Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarni bajarish;
- kredit va lizing operatsiyalari boʼyicha ehtimoliy yoʼqotishlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan, ichki bank hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda zahiralar tashkil etish;
- garov (shu jumladan mol-mulk shaklidagi), beriladigan kafolatlar, kafilliklar va majburiyatlarning yetarliligini hisobga olgan holda beriladigan kreditlar taʼminlanishining ichki tartibini belgilash;
- oʼz faoliyati toʼgʼrisidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor etish;
- bankda ichki audit departamentiga ega boʼlishini taʼminlash;
- “tenglik” tamoyiliga rioya qilish, yaʼni barcha aktsiyadorlarga ularning ulushi, daromad darajasi, jinsi, irqi, dini, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar bir xil munosabatda boʼlishdir.
Quyidagilar Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi (43-band):
- Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi;
- Bank kuzatuv kengashi;
- Bank boshqaruvi.
Bank kuzatuv kengashi va Bank boshqaruvi ushbu Ustav, bank ichki hujjatlari, Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi qarorlari va qonun hujjatlarda berilgan vakolatlar doirasida bank faoliyatiga rahbarlik qiladi. Bank faoliyatini samarali tashkil etish va ustav kapitaliga xorijiy investorlarni jalb etish, Bankni boshqaruv organlari, mehnat jamoasi vakillari oʼrtasida oʼzaro munosabatlar tizimini taʼminlash Bank aksiyadorlarining umumiy yigʼilishi tomonidan tasdiqlanadigan Korporativ boshqaruv kodeksi va bankning boshqa ichki hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, mazkur Ustav, bankning ichki hujjatlari asosida harakat qiluvchi bankning kollegial ijro etuvchi organi boʼlib, faoliyat strategiyasi va uni boshqarish tizimiga muvofiq bankning faoliyatiga operativ boshqaruvni amalga oshiradi hamda bankning faoliyati uchun javobgarlikni toʼliq zimmasiga oladi.
Bank boshqaruvi qonun hujjatlari, ushbu Ustav va bank ichki hujjatlari bilan Аktsiyadorlarning umumiy yigʼilishi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʼyicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas.
Bank boshqaruv aʼzolari Bank kuzatuv kengashi tomonidan bir yil muddatga tayinlanadilar. Bank boshqaruvi aʼzolarini tayinlash xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin boʼlgan tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin. Bank boshqaruvi aʼzolari ishchanlik obroʼsiga, bank xatarlarini samarali boshqarish, oʼz vakolatlari doirasida asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun zarur boʼlgan tajriba, bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishlari lozim. Bank boshqaruvi 7 kishidan kam boʼlmasligi kerak. Bank boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv raisi, uning oʼrinbosarlari, bosh buxgalter va yuridik xizmati departamenti direktori kiradi. Bank boshqaruvi tarkibiga shuningdek, Bank kuzatuv kengashining qaroriga asosan bankning asosiy boʼlinmalari rahbarlari kirishi mumkin. Bank boshqaruvi raisi oʼz lavozimiga Bank kuzatuv kengashining qarori bilan tayinlanadi.
Boshqaruv raisi va Boshkaruv aʼzolari bilan shartnoma bank nomidan Bank kuzatuv kengashi raisi yoki Bank kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʼgʼrisida har yili qaror qabul qilish sharti bilan bir yil muddatga imzolanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling