1."Turonbank"atbning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda "Turonbank" atb mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi
Download 0.69 Mb.
|
marguba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turonbank”ATBning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda “Turonbank” ATB Mirzo-Ulugbek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi
REJA: KIRISH…………………………………………………………………... 1.“Turonbank”ATBning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda “Turonbank” ATB Mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi………………………………………………………... 2. “Turonbank” faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish tartibi……………………………………………………. 3.“Turonbank” ATB Mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining chakana xizmatlar bo‘limi faoliyati..……………………………………... 4. “Turonbank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish………………………………………. XULOSA………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………… Ilovalar…………………………………………………………………… KIRISH. Men Abduraximova Dilnoza Muxtorxodjaevna 2021-yil 24-may kuni Toshkent moliya institutidan biriktirilgan amaliyot rahbarim Vasiyev.A tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni “Turonbank” ATB Mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markaziga yetib keldim. Bankdan menga amaliyot rahbar etib Jo`rayeva.D tayinlandi. Amaliyotning dastlabki ikki kunligida “Turonbank” ATB Mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazi faoliyati, bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim. Amaliyotning uchinchi kunida “Kredit monitoring bo’limi”ning ish faoliyati bilan tanishdim va amaliyotimning qolgan kunini ushbu bo’limda o’tadim. Ushbu bo’limda amaliyotni o’tash davrida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga taqdim etilayotgan kreditlar va uning miqdori bilan tanishdim, mijozlarga taqdim etilgan kredit hujjatlarini rasmiylashtirishni o’rgandim va bajargan ishlarimni amaliyot kundaligimda qayd etdim. Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash. Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdir. Bank – bu kredit-moliya muassasasi, boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi. Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi."2 Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi “Turonbank”ATBning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etish, hamda “Turonbank” ATB Mirzo-Ulug'bek bank xizmatlar markazining ish faoliyati tasnifi «Turonbank» aktsiyadorlik tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 1990 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda o'sib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro'-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O'zbekistonning etakchi banklari bilan bir qatorda Turonbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag' bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashda faolqatnashib kelmoqda.Turonbank O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Turonbank etib qayta tashkil etildi. Uning tarixi 1875 yilda Toshkentda birinchi jamg’arma kassasi ochilishidan boshlanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 oktyabrdagi № 386-sonli Qaroriga muvofiq O’zjamg’armabank Davlat tijorat Turonbankga aylantirilgan. 1995 yil 22 oktabrda Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq faoliyat yurita boshladi. 1995 yil 31 noyabrda xalqaro volyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun Bosh litsenziyaga ega bo’ldi. Bugungi kunda Davlat tijorat Turonbank eng yirik va universal banklardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Jamg’arma kassalar fondi bilan hamkorlik qiladi. Bu hamkorlikdan asosiy maqsad mijozlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, germaniyaning yetakchi moliya institutlarida xodimlar malakasini oshirishdan iborat. Ayni paytda Turonbankning 14-ta hududiy, 184-ta tuman va shahar filiallari, 240 dan ortiq minibank hamda 3,5 mingdan ziyod shoxobcha va maxsus kassalarida 12 mingdan ortiq mutaxasis kadrlar mijozga xizmat qilmoqda. Davlat tijorat Turonbank .tarkibiy tuzilishi 12 bo’lim va 7 ta jamg’arma kassadan iborat va ularning asosiy vazifalari quyidagilar: Bank boshqaruvi “Turonbank Pop filialining ish faoliyati tasnifi. Yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlash, kredit portfelini tahlil, rejalashtirish,monitoring qilish, muammoli kreditlar bilan ishlash,kredit tavakkalchiligini baxolash Kreditlash bo’limi Operatsiyalar, cheklar, kliring, buxgalteriya provodkalari, schotlarni tekshirish,mijozlar shikoyatini ko’rib chiqish Buxgalteriya bo’limi Bank operatsiyalarini olib borilishi ustidan nazorat qilish, yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlash va taftish qilish Minibank va jamg’arma kassalar faoliyatini rejalashtirish, yuritish, nazorat qilish va tartibga solish Mijozlardan naqd pul tushumini yig’ib olish va bankka topshirish Mijozlarning chet el valyutasidagi mablag’larini chet elga xalqaro to’lov tizimi orqali jo’natish,jo’natilgan mablag’larni egalariga to’lash Plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi Inkassatsiya bo’limi Pul muomilasi bo’limi Bosh yurist konsult Kassa amaliyoti bo’limi Nazorat taftish bo’limi Pul yoki boshqa boyliklarni kirim, chiqim qilish,qayta sanash,maydalab berish va boshqalar JBPTni tahlil qilish, rejalashtirish,monitoring qilish,foizlarni hisoblash va boshqalar Jamg’arib boriladigan pensiya taminoti bo’limi Minibank va jamg’arma kassalar faoliyatini tartibga solish bo’limi Naqd pullarni omonatga jalb qilish, pul tushumlari va chiqimlari bilan ishlash va boshqalar Plastik kartochkalar orqali to’lovlarni qabul qilish, plastik kartochkalargq mablag’larni kirim qilish va boshqalar Xalqaro pul o’tkazmalari bo’limi Bankning huquqiy ishlarini yuritish, qonun va qarorlar bajarilishini taminlash, huquqiy maslaxatlar berish va boshqalar Axborotlashtirish bo’limi Mijozlarni kerakli malumotlar bilan taminlash, bank elektron saytini yuritish,internet banking xizmatlarini ko’rsatish Davlat tijorat Turonbank .tomonidan 361 ta yuridik shaxslarga,416 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga va 10000 dan ziyod jismoniy shaxslargaxizmat ko’rsatilyapti. Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Turonbank”ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi. Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. “Turonbank” bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi: 1. “Turonbank”iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi. 2. “Turonbank” iqtisodiyot subektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 3. “Turonbank” davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. 4. “Turonbank” boshqa banklar qatori Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. “Turonbank”ning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi; qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi; milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi; aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi. Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa; aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa; mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa; mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa; bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling