1.’’Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida’’ gi qonunning dunyoviy davlat qurishdagi ahamiyati to’g’risida mulohaza bildiring
Dinning paydo bo’lishi masalasi haqida ma’lumot bering
Download 24.36 Kb.
|
Dinshunoslik
2.Dinning paydo bo’lishi masalasi haqida ma’lumot bering.Din paydo bo'lishidagi asosiy sabab - tabiat kuchlari va xodisalarining odamlar ustidan xukmronligi, ularning bu xodisalar sabablarini bilmasligi natijasida ushbu kuchlar, xodisalardan qo'rquvga, daxshatga tushib qolganliklari.
Ibtidoiy jamiyatdagi «aql-idrokli odamlar» uyqu va o'lim kabi tabiiy xodisalarning sirini bilmaganlar. Bu xodisalarni xam ular g'ayri tabiiy kuchni, inson tepasida turgan jonning xarakati, deb tushunganlar. Uyqu vaktida jon tanadan uchib chiqib ketadi, butunlay chiqib ketib qaytib kelmasa, o'lim sodir bo'ladi, deb tasavvur qilganlar. Ibtidoiy odam jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'ziga xos xususiyatga ega edi. U ibtidoiy bo'lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo'lgan odam edi. Bilim miqdorining nihoyatda ozligi, oldinda turgan hayotdan qo'rquv va uni yengishga bo'lgan intilish shunga olib bordiki, nafaqat aqliy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliyo-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Shuning natijasida asta-sekin diniy tasavvurlar shakllandi. Dinlar unga e'tikod qiluvchilarning soni, miqyosi, o'zining ma'lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga ko'ra quyidagi guruxlarga bo'linadi:1) urug'-qabila dinlari;2) milliy dinlar;3) jaxon dinlari. Dinlar ta'limotiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: 1) monoteistik-yakka xudolik; 2) politeistik-ko'p xudolik. Urug'- qabila dinlariga totemizm, fetishizm, animizm, shomonizm, sexrgarlik (magiya) va boshka shakllari kiradi.Totemizmda urug'-qabila yoki shu urug'ning xar bir a'zosining xayoti, farovonligi, shu urug'ning xaqiqiy ajdodi xisoblangan «totsi»-o'simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishoniladi.Totemizm- odamlarning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor deb e'tiqod qilishdir.Totem urug' yoki qabila uchun muqaddas va homiy bo'lgan hayvon va o'simlik, tabiat hodisalaridir. Totem timsoli bo'lgan narsalarning halokati, uning avlodining halokati deb ishonish natijasida «totemlarni»- ya'ni xayvon va o'simliklarning turlarini ko'paytirishga xarakat qilganlar.Individual - (yakka) totem bir urug' barcha a'zolarining umumiy bitta totemi bilan bir qatorda, yana har bir a'zosining alohida shaxsiy totemga egaligidir. Bunday totemlar asosan erkaklarda, afsungarlarda, qabila boshliqlarida, duoxonlarda bo'lgan. Ular o'zlarining shaxsiy totemlarini farzandlariga meros qilib qoldirganlar.Totemlar e'zozlangan, ularni o'ldirish, otish taqiqlangan. Totemizm hozirgi dinlarda, muayyan unsurlar sifatida mavjuddir.Totemizm ta'sirida paydo bo'lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat'iy ravishda qo'llanildi. Bu totemga xos bo'lmagan begonalar bu jamoa urf-odat va normalaridan chetda hisoblangan. Vaqt o'tishi bilan qarindoshlik aloqalarining mustahkamlanib borishi, ya'ni odam va uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, odam vafot etgach uning o'z totemiga aylanishi yoki totemdan inson shakliga kelishi havida tasavvurlar vujudga keldi.Bu esa totemni ozuqa sifatida iste'mol qilinishining taqiqlanishiga olib keldi. Tabu – taqiqlash tizimi bo'lib, totemlarni iste'mol qilishni taqiqlagan.Totemizmning asosiy vazifasi- birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi.
Download 24.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling