Mediamatnlar yaratishda qo‘shma gaplarning qo‘llanishi. Oav materiallari tahlili
Download 23.74 Kb.
|
qoshma gaplar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
Mediamatnlar yaratishda qo‘shma gaplarning qo‘llanishi. OAV materiallari tahlili
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi: M: Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega. Mutafakkir so‘zining o‘zagi ham fikrdir, lekin har bir fikr yurita oladigan kishiga nisbatan mutafakkir so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Qo‘shma gaplar tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi bo‘ladi: Uning qovoqlari yonardi-yu, lekin ko‘zlarida nam ko‘rinmasdi. Shuningdek, kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan birdan ortiq kesimli gaplar ham qo‘shma gap sanaladi: Men bularning barchasini bilaman va hurmat qilaman. Birdan iliq shamol esdi va maysalarni silkita boshladi.
Bog ‘langan qo‘shma gaplarning tarkibidagi sodda gaplar teng bog ‘lovchilar yordamida bog ‘lanadi. Shundan kelib chiqqan holda, bog ‘lovchi vositalariga ko‘ra uchga bo‘linadi:
Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar ergashtiruvchi bog ‘lovchilar (chunki, shuning uchun, agar, agarda, mabodo, basharti, garchi, toki, go‘yo, ya’ni, -ki) bilan hamda grammatik vositalar (ravshdosh, sifatdosh, shart mayli qo‘shimchalari) yordamida bog ‘lanadi. Ergashgan qo‘shma gaplar 5 turga bo‘linadi: Payt ergash gapli qo‘shma gap. Ega ergash gapli qo‘shma gap To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. Hol ergash gapli qo‘shma gap. 1-topshiriq. Quyidagi sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring. Qish keldi.Kunlar soviy boshladi. Havo aynidi.Yomg ‘ir yog ‘madi. Nodir kasal bo‘ldi.Darsga kela olmadi. Nataliya yaxshi javob bera olmadi.U yaxshi tayyorlanmagan edi.
Download 23.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling