2-topshiriq. Va, ammo, lekin, biroq, yo, yoki bog ‘lovchilari ishtirokida gap tuzing
BOG ‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR.
Bog ‘langan qo‘shma gaplar birdan ortiq teng sodda gaplarning teng bog ‘lovchilar orqali birikishidan tashkil topadi: Paxtalar qiyg ‘os ochildi va terim boshlandi.
Bog ‘langan qo‘shma gaplar 3 turli bo‘ladi:
Biriktiruv bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar
Zidlov bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar
Ayruv bog ‘lovchili bog ‘langan qo‘shma gaplar
Va, ham bog ‘lovchilari, bog ‘lovchi vazifasida keluvchi –da, -u (yu) yuklamalari bog ‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktirib bog ‘laydi. Masalan: Bugun ertalab ham sovuq bo‘ldi, ham yomg ‘ir yog ‘di.
Ammo, lekin, biroq kabi zidlov bog ‘lovchilari bilan bog ‘langan qo‘shma gaplar zid va qarama-qarshi munosabatni ifodalaydi. Masalan: Havo bulut bo‘ldi, biroq yomg ‘ir yog ‘madi.
Ba’zida zidlov bog ‘lovchilariga vazifadosh bo‘lgan –u (yu-), -da yuklamalari qo‘llanadi. Masalan: Signal berildi-yu, o‘yin boshlandi.
Goh, ba’zan, dam, yo, hoh, bir kabi bog ‘lovchilar qo‘shma gap qismlarini ayirib bog ‘lash uchun ishlatiladi. Ular, odatda, takrorlanib qo‘llanadi: Uning dam jahli chiqar, dam kulgisi qistar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |