2- amaliy mashg’ulot Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari
Download 33.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-amaliy
2- Amaliy mashg’ulot Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari Ishdan maqsad: Biozararlovchi zamburug’larni o’rganish. Kerakli jihozlari: Biozararlovchi zamburug’larni rasmlari, jadvallar, taqdimotlar. Ishning mazmuni: Zamburug’lar bir va ko’p hujayrali organizmlarning o’ziga xos guruhini tashkil etadi. Hozirgacha bayon etilgan zamburug’ turlarining umumiy soni 250 000 tadan ko’proq. Ular tabiatda yer kurrasining barcha qismlarida keng tarqalgan. Zamburug’lar ayniqsa har xil o’simlik substratlarida juda serob, paydo bo’lishi hayvonlar bilan bog’liq bo’lgan substratlarda kamroq uchraydi. Ular organik qoldiqlar parchalanishida va tuproq shakllanishi jarayonida faol ishtirok etadi. Zamburug’lar har xil sanoat materiallarini shikastlab, katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bakteriyalardan farqli o’laroq zamburug’lar eukariot organizmlardir. Ularda yadro membranasi, Goldji apparati, ichki membranalarning yaxshi rivojlangan sistemasi va membranalar bilan chegaralangan organellalari (mitoxondriya va lizosomalari) mavjud. Zamburug’larning ba’zi morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari ular biozararlanishni qo’zg’atuvchi organizmlar orasida dominant vaziyatni egallashi uchun imkon yaratadi. Materiallar zararlanishi uchun atrof-muhitda mikroorganizmlar bo’lishi lozim. Zamburug’lar yer kurrasining barcha qismlarida, tuproq, suv va havoda juda keng tarqalgan. Materiallarni zararlovchi zamburug’larning ko’pchiligi yuqori darajadagi ko’payish energiyasiga ega. Misol uchun, quruq sporali (Aspergillus, Penicillium, Trichoderma va Scopulariopsis turkumlariga mansub) turlar yuz ming va millionlab konidiya hosil qiladi. Konidiyalar shunchalik kichik va vazni shu qadar yengilki, ular sal harakatdagi havo bilan katta balandliklarga chiqadi va uzoq masofalarga tarqaladi. Mikroskopik bo’lgani uchun ular, juda kichik, ko’zga ko’rinmas teshikcha va kavakchalarga kiradi; bunday mikroskopik teshik va kavakchalar granit va temirga o’xshash qattiq va zich materiallarda juda ko’p. Ba’zan zamburug’lar polimer va uning tarkibiga kiruvchi komponentlari orasidagi choklarida qayd etiladi. Ba’zi zamburug’lar, ayniqsa g’ovak materiallar ichiga, tomchilab oqayotgan suv bilan kiradi. Keltirilgan misollar shuni ko’rsatadiki, zamburug’larni har joyda, hatto boshqa organizmlar kira olmaydigan yerlarda ham uchratish mumkin. Materiallarga joylashishida zamburug’larning silliq sathga adsorbsiya qila olish qobiliyati katta rol o’ynaydi. Qattiq va erimaydigan substratlar bioemirilishining birinchi bosqichi adgeziya jarayonidir. Zamburug’lar tanasi mitseliydan iborat bo’lishi ular bilan atrof-muhit orasidagi munosabatlarning shaklini aniqlovchi muhim biologik xususiyatdir. Mitseliy substratda tez tarqalishi va katta maydonni egallashi mumkin. Masalan, uy zamburug’lari hosil qiladigan arqonchalarining uzunligi bir necha metrga yetishi mumkin. Ba’zan arqonchalar ozuqa sifatida qo’llanilmaydigan substratdan ham o’tadi va o’sish davrida uni yemiradi. Bunday hodisa, misol uchun, Varshava metrosida kuzatilgan –Serpula lacrymans zamburug’i arqonchalarida hosil qilgan organik kislotalari bilan beton tayanchlarni yemirgan. Biozararlashda mikroorganizmlar orasidagi zamburug’larning dominant roli ularning juda boy fermentativ apparati ta’minlaydigan metabolik xususiyatlari bilan bog’liq. Zamburug’lar invertaza, amilaza, proteaza, lipaza, fosfataza, tannaza, - aminokislotalar oksidazasi, pektin fermentlari, polifeniloksidaza, katalaza, tsellyulazalar kompleksi va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Boshqa mikroorganizmlarga nisbatan zamburug’larning fermentativ apparati juda boy. Uning vositasida zamburug’lar boshqa mikroorganizmlar ishlata olmaydigan substratlarda ham har xil kimyoviy o’zgartirishlar yuzaga keltiradi va bunday substratlarni o’zlashtiradi. SHu sabadan ular har qanday sanoat uskunasini o’z vaqtidan oldin ishdan chiqara oladi. Polifag zamburug’larning xilma-xil substratlarda o’sa olish qobiliyati hozirgi davrda zamburug’lar bilan zararlanish miqyosi o’ta xavfli darajalarga yetganidan dalolat bermoqda. Fermentlarning keng to’plamidan tashqari, ko’p zamburug’ turlari toksin birikmalari hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa ularning raqobat qilish qobiliyatini yanada oshiradi. Materiallar uchun zamburug’lar metabolizmida hosil bo’ladigan boshqa birikmalar, ayniqsa organik kislotalar ham xavf tug’dradi. Misol uchun, reaktiv yonilg’ida o’sish jarayonida Cladosporium resinae sintez qiladigan organik (limon, sis-akonit, izolimon, -ketoglutar, shovul, sirka va dodekan) kislotalar samolyotlarning alyuminiy baklarida korroziya qo’zg’atadi. Materiallar mikologik shikastlanishida zamburug’lar biologik ekstremal sharoitlarda o’sa olish qobiliyatining ahamiyati oz emas. Zamburug’ sporalari qurishga chidamli, ular quruq sharoitda 20 yil va undan ham ko’proq vaqt mobaynida saqlangani ma’lum. Ko’p tur zamburug’larning sporalari past harorat mavjud bo’lgan sharoitlardan biokimyoviy faolligini yo’qotmasdan o’tadi. Frantsuz fizigi Bekkerel o’tkazgan tajribalarda suyuq azot haroratida (– 190 o S) 6 oy mobaynida saqlangan zamburug’lar sporalari hayotchanligini yo’qotmasdan o’sa olgani buning yaqqol misoli bo’la oladi. Aspergillus fumigatus zamburug’i o’zining harorat, namlik va rN o’zgaruvchanligiga yuqori darajadagi chidamliligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, reaktiv samolyot uchishi paytida o’tkazilgan kuzatuvlarda uning konidiyalari suv fazasida –32 o S dan +60 o S gacha, yonilg’ida esa –32 o S dan +80 o S gacha bo’lgan o’zgaruvchanlikda ham hayotchanligini yo’qotmagan. Materiallarni zararlovchi ba’zi zamburug’larning o’ziga xos xususiyati – atmosfera namligidan foydalanib qattiq va quruq materiallarda o’sish qobiliyatidir. Optik uskunalarni zararlovchi Aspergillus penicilloides va A. glaucus var. tonophilus turlari bunday kserofil turlar misoli bo’la oladi. Odatda mavjud bo’lgan sharoitlarda bu turlar tez o’suvchi zamburug’lar bilan raqobat qila olmaydi, ammo suv faolligi pastligida bu kserofil zamburug’lar dominantlik mavqesiga ega bo’ladi. Materiallarda o’sadigan zamburug’lar duch keladigan ekstremal sharoitlardan yana biri – ozuqa moddalar miqdori kamligidir. Ko’p zamburug’lar ozuqa moddalar o’ta oz bo’lgan sharoitda o’sa oladi. Bu xususiyat oligotrof turlarga devor rassomchilik asarlari kabi substratlarni egallashda ma’lum darajada ustunlik beradi. Oligotroflar boshqa turlarga nisbatan ancha sekin o’sadi, ammo bunday qiyin sharoitda o’sishga o’rgangach, katta zarar yetkazadi. Zamburug’larning yana bir xususiyati – ularning turlari geterogenligi, ya’ni bir tur ichida morfologik, fiziologik, ekologik va boshqa jihatlardan farq qiluvchi shtammlar mavjudligidir. Tur ichidagi differentsiasiya A. niger turida ham qayd etilgan. Muzlagan tuproqdagi zararlangan materiallardan zamburug’ning kriofil shtammi ajratilgan. Bu shtamm 5-15 o S haroratda rivojlana oladi, ayni paytda A. niger o’sishi uchun odatda ancha yuqoriroq harorat lozim. Geterogenlik boshqa turlarga ham xos. Yuqorida Penicillium nigricans zamburug’ining har xil geografik izolyat (ekologik variant) lari mavjudligi haqida ma’lumot berilgan edi. Cladosporium resinae zamburug’i ichida neftning har xil tarkibiy qismlarini o’zlashtiruvchi biokimyoviy shtammlari mavjudligi aniqlangan. Ekologik nuqtai nazardan zamburug’lar organizmlarning juda o’zgaruvchan va harakatchan guruhidir. Zamburug’lar o’zgaruvchanligi mexanizmlaridan biri – geterokarioz. Atrof-muhit sharoitlari o’zgarishiga javoban geterokariotik mitseliyda u yoki bu tipga mansub yadrolar soni o’zgarishi va natijada atrof-muhitning o’zgargan sharoitiga zamburug’ moslashishi mumkin. To’xtovsiz yangi materiallar yaratilishi va yangi biotoplar paydo bo’lishi jarayonida zamburug’larning bu xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Mikroorganizmlar ta’sirida ro’y beradigan bioemirilishlar faqat qandaydir bir guruh namoyandalari emas, balki ham bakteriyalar, ham zamburug’larni o’z ichiga oluvchi kompleks ta’sirida amalga oshadi. Mikroorganizmlarning bir guruhi o’z hayoti natijasida ikkinchi bir guruh uchun substrat hozirlaydi. Bu jarayonda alohida mikroorganizmlar orasida yangi munosabatlar paydo bo’ladi va asta-sekin mikroorganizmlarning har bir alohida turining hayotchanligini saqlashi va moslashishini ta’minlovchi, bir-biriga bog’liq jamoalari shakllanadi. Download 33.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling