File -> New -> Source File buyruqlari ketma-ketligi yoki klaviaturadan Ctrl+N birgalikda bosilgan tugmalari yordamida amalga oshiriladi va natijada ekranda quyidagi oyna hosil boladi
Dastur matni muhitga kiritilishi uchun C++ dasturlash tilida dastur qoidalar, buyruqlar, kodlar yordamida yaratiladi. Masalan:
C++ dasturlash tili muhitida har doim yngi dastur uchun andaza (shablon) sifatida oynada ko`rsatilgan kabi mazmundagi dastur kodi matnini taklif etadi. Dasturni ishga tushurish va natija olish uchun F9 tugmasi bosilib kompilyatsiyadan o`tkaziladi, so`ng F10 tugmasi bosilib natija olinadi.
Dastur strukturasi (tarkibi) quyidagicha ko`rinishga ega:
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
.
.
return
}
- #include - dasturga kiritish-chiqarish oqimi (i – ingl.input – kirish, o – ingl.output – chiqish, ingl. stream – oqim) kutubxonasini qo`shadi. C++ dasturlash tilida standart kutubxonalar ko`p bo`lib, turli xil kutubxonalar turli foydali funksiyalar va imkoniyatlardan foydalanish uchun xizmat qiladi. Masalan, cmath kutubxonasi matematik funksiyalarni o`z ichiga olgan;
- #include qollaniladigan kutubxona fayllarini qo`shish, ya`ni yoki matematik kutubxona qo`llanilishini bildiradi;
- using namespace std; - dasturda standart nomlar fazosi ham foydalanilayotgani uchun yozilgan, chunki maxsus cout nomi shu fazoga tegishli. C++ dasturlash tilida ishlatiladigan asosiy nomlar (masalan, konstantalar, funksiya nomlari) global nomlar fazosida ko`rsatilgan. Global nomlar fazosini std nomlar fazosidan farqli o`laroq, hech qanday qo`shimcha ko`rsatmalarsiz ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |