2 – amaliy mashg`ulot mavzu: С++ dasturlash tili va muhiti. Dastur strukturasi, elementlari. Alifbosi mashg’ulotining maqsadi


Download 356.83 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi356.83 Kb.
#1755102
  1   2   3   4
Bog'liq
2 – amaliy mashg`ulot mavzu С dasturlash tili va muhiti. Dast


2 – AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: С++ DASTURLASH TILI VA MUHITI. DASTUR STRUKTURASI, ELEMENTLARI. ALIFBOSI


Mashg’ulotining maqsadi: C++ dasturlash tili muhiti bilan tanishish, unda ishlashni o`zlashtirsh. Dastur strukturasini yozilishi, qo`llanilishini o`rganish. Dastur elementlari, alifbosi bilan tanishish. Berilgan variant topshiriqlarini bajarish.
NAZARIY QISM
C++ dasturlash tili C dasturlash tiliga asoslangan bo`lib, Bell laboratoriyasi xodimi Daniyalik Byorn Straustrup tomonidan 1985 yili ishlab chiqilgan. 1998 yili C++ dasturlash tili uchun birinchi xalqaro standart C++98 ishlab chiqildi. Bu standart STL (Standart Template Library – standart shablonlar kutubxonasi) ni o`z ichiga olgan. Keyinchalik C++03, C++11, C++14 va C++17 standartlari ishlab chiqilgan. Har bir yangi standartda avvalgi standartlardagi xato va kamchiliklar tuzatilib, yangi imkoniyatlar qoshildi yoki ba`zi bir eski (keraksiz deb topilgan) imkoniyatlar (funksiyalar, konstantalar, kutubxonalar) olib tashlandi. C++dasturlash tilining boshqa dasturlash tillaridan afzal tomonlari bu uning o`ta tezkorligi, foydali funksiyalarga boyligi, ob`yektga yonaltirilgan va umumlashgan dasturlash (genetik) paradigmalarni qo`llashni, xotira adreslariga to`g`ridan to`g`ri murojaat eta olishidir. Bu va boshqa ko`pgina sifatlari bilan C++ dasturlash tili 3D o`yinlar, GUI (Graphic User Interface – foydalanuvchining grafikli interfeysi), dasturlar, Web brauzerlar, ma`lumotlar omborini boshqarish sistemalari, kompilyatorlar, tibbiyotga oid dasturlar, operatsion sistemalarni ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi.
C++ dasturlash tilida yozilgan dastur kompilyator deb ataluvchi dastur yordamida kompyuter tushunadigan tilga tarjima qilinadi. Kompilyator – bir tilda yozilgan dasturni mashina kodiga tarjima qiladi. Mashina kodi – kompyuter tushunadigan yagona til. Bu til protsessor arxitekturasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, Intel x86 (x64 – x86ning kengaytirilgan variant), ARM, MIPS kabi arxitekturalar mavjud.
C++ dasturlash tilida ixtiyoriy dastur faqatgina C++ kompilyatori va matn muharriri yordamida tuzilishi mumkin. Ammo dasturchiga qulayliklar yaratish va ishini tezlashtirish maqsadida turli xil integrallashgan takomillashtirish muhitlar chiqarilgan.
Dasturchilar uchun muhim atama bo`lgan integrallashgan takomillashtirish muhiti (ITM, ingl. IDE – Integrated Development Environment), qisqacha muhit deyiladi. IDE o`z ichiga turli oyna va boshqaruv elementlarini olgan bo`lib, ular dasturchi va dasturlash muhiti orasidagi bog`lanishni ta`minlashga xizmat qiladi.
C++ dasturlash tili bilan ishlash uchun juda ko`p IDE lar mavjud. Masalan, Codeblocks, Codelite, C-Lion, Visual Studio, Dev-C++ kabilar.
Bunday IDE larning afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:

  • dasturchi tomonidan yozilgan kod ranglar bilan ajratib ko`rsatiladi va buning natijasida dasturchi tezlik bilan kerakli nuqtani topishi mumkin;

  • kodni to`ldirish funksiyasi – funksiya, o`zgaruvchi, o`zgarmas va boshqa nomlar boshlang`ich qismi yozilishi bilan, shu prefixga mos keladigan nomlarni tanlash uchun ko`rsatadi va buning natijasida dasturchi o`sha nomni oxirigacha yozishi shart emas;

  • dasturdagi xatoni topish uchun qulayliklar;

  • kompilyatsiya qilish va dasturni ishga tushurish o`ta qulay.

C++ dasturlash tili alifbosi, tarkibi, funksiyalari, operatorlari va boshqa elementlarini Dev-C++ IDE uchun tuzilgan har bir dasturni foydalanuvchi tanlagan nom bilan saqlash uchun shu nomdagi papkada hosil qiladi. Bu papkada bir nechta papka va turli kengaytmali fayllar hosil bo`ladi.
C++ dasturlash tilida yozilgan dasturlarni alohida saqlash uchun biror, masalan, “C++ dasturlari” kabi, papka hosil qilib olishni tavsiya etiladi.
C++ dasturlash tili muhitida ishlashda qulay IDE kodlardan biri Dev-C++dir.
U ni ishga tushurish uchun:
Пуск ->Все программы ->
yoki ishchi stoldan piktogrammasi (belgisi) yoki yorlig`i
yordamida. Ekranda quyidagi C++ dasturlash tili muhiti hosil bo`ladi:

Bu oynaga C++ dasturlash tili kodlarini kiritish uchun menyular qatoridan

Download 356.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling