Assembler va kompilyatorlar


Download 32.74 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi32.74 Kb.
#1708157
  1   2   3
Bog'liq
Assembler va kompilyatorlar


Assembler va kompilyatorlar.

Assembler va kompilyatorlar MP ning ishlashini boshqarib turadigan mashina buyruqlarini boshlang’ich programmadan ikkilik kodiga translyatsiya qiluvchi programmalardir. Kompilyatorlar va assemblerlar boshlang’ich programmalarni oson va arzon yo’l bilan ikkilik kodiga (mashina buyrug’iga) o’tkazib beruvchi EHM ning programmalashtirish vositasidir.


Programma – Kompilyatorni kirishiga yoki Programma Assemblerni kirishiga beriladigan programma boshlang’ich programma deyiladi. Kompilyatorni (assemblerni) chiqishi esa programmaning ikkilik ko’rinishidir, buni ob’ektning programmasi deyiladi. Bu har bir shakldagi programma – tildir. Assembler programmalarni assembler tilidan mashina tiliga o’tkazadi. Kompilyatorlar programmani kompilyator tilidan yoki yuqori darajadagi tildan mashina tiliga translyatsiya qiladi.
Assembler tili bilan yuqori darajadagi tilni (kompilyator tilini) farqi shundaki, programmaning texnik vazifasidagi tildan kompilyator tiliga o’tkazishda assembler tiliga nisbatan kam qadam sarf qilinadi. Chunki kompilyator tili uchun programmaning boshlang’ich operatori, odatda, beshtadan o’ntagacha bo’lgan mashina buyrug’i yaratadi. Demak kompilyator tilida programma yozish assembler tilida programa yozishga nisbatan 5–10 marta oz vaqt oladi.
Assembler va kompilyator programmalari ikkala versiya programmasining boshlang’ich va ob’ekt programmalarini chiqarib beradi, hamda xatolarning va boshqa diagnostik ma’lumotlarning ro’yxatini, pechatlangan list programmani beradi. Kompilyator va assemblerlar kross yoki rezidentli programmalar bo’lishlari mumkin.
Translyasiya qiladigan sistemali programmaning konfigurasiyam quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin. (1-rasm)



1-rasm. Programmani translyatsiyalovchi sistemaning sxemasini 1-rasm. Programmani translyatsiyalovchi sistemaning sxemasini konfiguryatsiyasi konfiguryatsiyasi
.
MRL – kompilyator boshlang’ich programmani assembler tiliga o’tkazadi. R1UM – kompilyator esa birdaniga mashina darajasidagi ob’ektning modulini beradi.
Yuklovchilar – bular shunday programmalarki, ular ob’ektning programmalarini, ma’lumotlarini tashqi tashuvchilardan (saqlovchilardan) magnit diski, magnit lentasi aloqa yo’lidan mikroEHM ni hohlagan xotirasiga olib kiradilar.
Yuklovchi, ob’ektni programmasini, boshqaruchi ma’lumot asosida o’zgartirishi mumkin. Yuklovchi, boshqaruvchi ma’lumotni, bevosita programmistdan yoki tillarni translyatsiya qiluvchidan (assembler yoki kompilyator) olishi mumkin.
Masalan, programma EHM ni xotirasida nolinchi adresdan boshlab joylashtirilishi mumkin. Mabodo, ob’ektning programmasi suriladigan bo’lsa, programmist yuklovchiga programmaning yangi adresini ko’rsatishi mumkin. Shundan keyin yuklovchi kerakli tarzda ob’ektning programmasini hamma adresini o’zgartiradi.
IMR – 16 mikroEHM ning yuklovichisi programma va ularni sigmentlari joylashgan xotiraning kartasini berish kabi qo’shimcha vazifani bajaradi.
Rezident tilidagi yuklovchilar, odatda programmalashtiriladigan DXQ larida va sh.o’xsh. tayyorlanadi.

Modellashtiradigan programmalar.


Bular mashinalararo krosskompyuterli programmalardir. Bu programmalar foydalanuvchiga, ob’ektning programmasini, mashinasi bo’lmasa ham sozlab olishga imkon beradi. Modellovchi programma foydalanuvchini boshqarishi tufayli mikroEHM ning ob’ekt programmasini bajarilishini modellashtiradi. Modellashtiradigan programmalar modellashtirilayotgan mikroEHM va MP registrlarining xotira qiymatlarini displeyga chiqarib beradi va ular bilan ishlaydi. Programma tekshiriladigan joylarni belgilaydi, natijada shu nuqtaga (adresga) yotganda programmaning bajarilishi to’xtatiladi. Buyruqlarni bajarilishi bo’yicha ularni har birini alohida qatorda listingini pechatga chiqarib beradi (adreslarining oblastlarini ko’rsatgan holda).


Modellashtiridigan programma programmaning boshlanishidan uni to’xtagunigacha bajarishga ketgan vaqtni, buyruqlar sonini yoki mashina tekstlari to’trisida ma’lumot beradi.

Download 32.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling