Assembler va kompilyatorlar


Download 32.74 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi32.74 Kb.
#1708157
1   2   3
Bog'liq
Assembler va kompilyatorlar

Kross assembler. Kross assembler programmalashtiruvchi va sozlovchi vositalarga kiradi. Kross assemblerlar – bular boshqa EHM da (MP) ishlovchi assemblerlardir. Bunday holda ularni kross EHM, kross mikroEHM deyiladi.
Kross assemblerlar bu kross EHM uchun mo’ljallangan (asosiy) mikroEHM ni programma bilan ta’minlash maqsadida ob’ektning programmalarini yaratadi.
Sozlovchi programmalar. Sozlovchi programmalar mikroEHM da ob’ektning programmasini sozlashni yengillashtiradigan rezidentli programmalardir. Ular foydalanuvchidan quyidagi vazifalarni bajarish uchun buyruqlar qabul qiladilar:
– doimiy xotiradagi yoki mikroEHM ning erkin o’zgaruvchan xotirasidagi qiymatlarni hamda markaziy protsessorni registrlarining qiymatlarini displeyga (pechatga) chiqarish uchun;
– o’zgaruvchan xotira qurilmasini o’zgartirish uchun:
– programmani ko’rsatilgan (belgilangan) adresdan bajarish uchun:
– qo’yilgan shart bajarilganda yoki programmani bajarilishi ma’lum xotira qurilmasidagi buyruqqa yetganda programmani bajarilishini to’xtatish uchun.
Sozlovchi programma yordamida programmani bajarilishini uning ishlashga ta’sir etmasdan (aralashmasdan) haqiqiy vaqt oralig’ida kuzatish mumkin. Foydalanuvchining programmasini bajarilishi tugayotganda (vaqtincha to’xtatilayotganda) bu modulning qiymati programmalash vositalari orqali tiklanishi va programmani logik bloki yoki operator orqali o’zgaruvchan qiymat bilan solishtirilishi mumkin. Vaqtincha to’xtatuvchi registrga murojaat qilish, u bilan ishlash, kiritish-chiqarish qurilmalari bilan birga ishlash, ularga murojaat qilishga o’xshashdir. Vaqtincha to’xtatuvchi registr, MP ni boshqarish shinalari holatini nazorat qilishga imkon beradi.
Monitor.

Ko’pgina MP ning mikroEHM sistemali programmalarini boshqarish uchun monitor deb ataluvchi programma bor. Monitor amallar sistemasini (operasion sistemalarni) boshqaruvchi elementdir va programmalashtiradigan manbalarni (resurslarni) taqsimlaydi. Monitor, foydalanuvchi bilan dialog rejimida interfeys tashkil etadi. Monitor videoterminal, sistemali konsol yoki pechatlaydigan mashinalardan buyruqlarni qabul etadi va ularni bajaradi. Monitorni tipik vazifalariga quyidagilar kiradi; terminalning (konsulning) klaviaturalarini holatini ko’chirish, buyruqlarni indentifikatsiyalash; periferiya qurilmalarini belgilash (logik adreslarni fizik adreslarga kodlarga o’tkazish); boshqa sistemali programmalarni boshqarish; haqiqiy vaqtni ushlab turish; asosiy va tashqi xotira oralig’ida qiymatlarni uzatib turishni boshqarish.


Mashinaning imkoniyatiga qarab monitor bitta topshiriqni yoki ikkita topshiriqni (oldingi-keyingi plan bilan ishlashi) bajarishi mumkin.
Birinchi holatda monitor faqatgina bitta programmani bajarishni boshqaradi. Bu programma, terminaldan tugatilgunicha yoki vaqtincha to’xtatilgunicha bajariladi.
Oldingi (keyingi) plandagi monitor bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikkita programmani boshqaradi. Bu ikkala programma, bir paytda, asosiy xotirada bo’ladi. Bu yerda avvalo oldingi plandagi, keyin esa keyingi plandagi programmalar bajariladi.
Orqa (keyingi) plandagi programmani bajarishni boshqaradigan miniEHM oddiy monitorni ko’rib chiqamiz. Foydalanuvchi terminaldan ikki turdagi buyruqlarni kiritadi. Har bir buyruq karetkani qaytishi bilan tugallanadi.
Birinchi turdagi buyruqlar (ularni klavishining buyruqlari desa bo’ladi) amallar sistemasini boshqarish uchun mo’ljallangan. Ular boshqaruvchi klavishilarni bosish hamda qisqa rezervlangan mnemonikalarni kiritilishi bilan inisilizatsiyalanadi.
Quyida mnemonika ko’rinishidagi klaviatura buyruqlariga misollar keltiramiz:
ASS (assigu) – logik otlarni periferiya qurilmalari bilan assosiasiyalash;
SET – sistemalarning kattaliklarini (parametrlarini) o’zgartirish;
V (baza) – bazaning adresini bersh;
E (examine) – xotira yacheykasini chiqarish (qayd qilish);
D (deposite) – xotira yacheykasida qiymatni eslab qolish;
GE (get) – yuklovchi modulning asosiy xotirasiga yuklash;
ST (start) – ko’rsatilgan (topshirilgan) adres bo’yicha amaliy programmaga boshqarishni berish;
RVN – < GE va ST buyruqlarini harakatiga ekvivalent;
R (RUN) – sistemali programa uchun RVN buyrug’iga ekvivalent;
RE (reenter) – yuklangan programmani qayta ishga tushirish (restart);
DAT (date) – ko’rsatilgan kunni (vaqtni) kiritish yoki hozirgi vaqtni chiqarish.
Boshqaruvchi klavishilar yordamida kiritiladigan buyruqlar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Hozirgi bajarilayotgan programmalarni vaqtincha to’xtatish va boshqarishni monitorga qaytarish; konsolga (terminalga) ma’lumotlarni chiqarishni boshlash; navbatdagi buyruqni bergungacha ma’lumotlarni terminalga chiqarishni to’xtatish; keyingi varaqni (listingni) chiqarish; hozirgi kiritilayotgan qatorni yo’q qilish; buyruq qatorini bekor qilish; fayl tanlash.

Download 32.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling