17-mavzu: assembler dasturlash tili va uning imkoniyatlari. Reja
Download 0.56 Mb.
|
17-mavzu. assembler
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar.
- Assembler tushunchasi va uning vazifalari
17-MAVZU: ASSEMBLER DASTURLASH TILI VA UNING IMKONIYATLARI. Reja A ssembler tushunchasi va uning vazifalari Assembler tilida operatorlarning formatlari va ularni qo‘llash Assemblerda makroslar yaratish Assembler dasturni kompilyatsiyalash usullari Tayanch so‘zlar. Assembler, ASM, jmp, jz, jnz, test, megabayt, kilobayt, intel, borland int., turbo assembler, tlink.exe, tasm.exe, td.exe.ADD, MOV, SUB,INC, metkalar, amallar, operandalar va izohlar,. UltraSPARC, Motorola protsessorlari, Makroslar, MASM (Macro Assembler), TASM (Turbo Assembler), WASM (Watcom Assembler), FASM (Flat Assembler), Kompilyatsiyalash (TASM da). Assembler tushunchasi va uning vazifalari Yuqori sath tillari hisoblangan C, C+ va Java kabi dasturlash tillari- da yozilgan bitta operatorni amalga oshirish uchun, bir nechta mashina buyruqlarini bajarish kerak bo‘ladi. Har bir operatorga bittadan mashina buyrng‘i to‘g‘ri keladigan til esa - assembler tili deb ataladi. Har bir assembler tili yoki assemblerlar, mashina buyruqlarining nomlari qisqartirib yozilgan - mnemonikalarga, ya’ni ma’noga ega qiskartirilgan so‘zlarga asoslanadi. Masalan: qo‘shish - ADD, ayrish - SUB, ko‘chirib yozish - MOV, bir qiymatga orttirish - INC va boshqa mashina buyruqlari kabi. Assembler tilida ham - konstantalarni, o‘zgaruvchilarni, xotira adreslarini ifodalovchi metkalarni tavsiflash uchun, simvollardan iborat nomlar qo‘llaniladi. Assembler tilida yozilgan dasturni assembler- lash yoki translyasiya (kompilyasiya) qilish natijasida, real apparat mu- hitda - Pentium 4, Motorola, UltraSPARC yoki 8051 protsessorlaridan bi- ri o‘rnatilgan kompyuterda bajarilishga tayyor ikkilik sonlarda ifodalangan dastur hosil bo‘ladi. Ushbu holatni UMK80 o‘quv mikroprotsessorli komplekti uchun yozilgan, keltirilgan dastur yordamida tushuntirish mumkin. Bu dastur tezkor xotira qurilmasining 0B00 adresi bo‘yicha yozilgan sonni o‘qiydi, uning inkorini aniqlaydi hamda natijani 0B01 adresi bo‘yicha tezkor xotira qurilmasiga qaytib yozib qo‘yadi. Dasturlarni yozishda barcha sonlar o‘n oltilik sanoq sistemasida ifodalanadi. Dasturdagi buyruqlar - bir, ikki yoki uch baytli bo‘lib, mos holda hotiraning bitta, ikkita yoki uchta yacheykasini egallashlari mumkin. Buni 17.1-rasmdagi dasturni assemblerlagandan keyingi holatini ko‘rsatuvchi 17.2 va 17.3- rasmlar asosida tushunib olish mumkin. Buyruqlarning formatlari qanday ekanligini tushinib olish uchun, dasturni 17.4-rasmdagi bitta qatorda, bitta buyruq keltirilgan ko‘rinishda yozib olamiz. Bunda har bir buyruqning boshlang‘ich adresi ko‘rsatiladi va buyruqning uzunligiga qarab (1, 2 yoki 3 baytli buyruq), u xotiraning ketma-ket joylashgan 1, 2 yoki 3-ta yacheykasini egallaydi. 17.3-rasm. Dastumi xotira adreslari bo‘yicha joylashishi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling