2 -amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yaylovlarda tarqalgan efemer va efemeroid o’simliklar
Download 0.6 Mb.
|
2 -Amaliy mashg’ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv va ko‘rgazmali qurollar.
- Mashg‘ulotning mazmuni
- EkologiYasi
- FenologiYasi
2 -Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yaylovlarda tarqalgan efemer va efemeroid o’simliklar Mashg‘ulotning maqsadi. Efemer va efemeroid ozuqaviy guruh va uning muhim, asosiy namoYandalarining biologik, ekologik va xo‘jalik xossalari hususida zarur ma’lumotlar berish, ularni Yaylovlarda bevosita aniqlay bilish va samarali foydalanish masalalarini o‘rganish. O‘quv va ko‘rgazmali qurollar. Xar bir o‘rganiladigan turga oid gerbariy, tirik o‘simlik namunalari, g‘aramlari, maxsus albom, slaydlar, urug‘lar namunalari. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi – gerbariy materiallari vositasida namoyish etish, tushuntirish, zarur ma’lumotlarni yozdirish. Xar bir turga oid ko‘rgazmali qurollar bilan mustakil ishlashga jiddiy e’tibor qaratiladi. O‘rganish jarayoni nazorat qilib boriladi va maslaxatlar berib boriladi. Mashg‘ulot so‘ngida savol-javoblar uyushtiriladi, o‘zlashtirilganlik darajasi aniqlanadi, tegishli yo‘l-yo‘riq beriladi. Mashg‘ulotning mazmuni: Asosiy e’tibor Yaylovlarda tarqalgan muhim turlarga xos bioekologik, xo‘jalik xususiYatlariga oid ma’lumotlarni bayon qilishga qaratiladi. Carex physodesM.V. Mahalliy nomlari: ilak (qozoq, o‘zb, turkman): Ilak-xiloldoshlar oilasiga mansub psammofit (qumni sevuvchi), ildizpoYali efemeroid. O‘silikning bo‘yi 15-25sm (rasm 2). Qumli cho‘llarning o‘tchil Yarusida dominant yoki subdominant tur hisoblanadi. Areali: Ilakning areali nixoYat keng: u Markaziy Osiyoning cho‘l rayonlarini qamrab olib shimolda quyi Volgaga qadar cho‘zilgan. SHuningdek Afgoniston va Eronda ham o‘sadi. Urug‘ xaltachalarining shakliga qarab uning ikki ko‘rinishi farqlanadi: xaltachalari elliptik va aylanasimon shaklli. EkologiYasi: Ekologik jihatdan o‘ta o‘zgaruvchan (polimorf) tur: kuchli rivojlangan qumlar, qum tepaliklar orasidagi tekisliklar, qum tepalarining qiYalarida o‘sadi. O‘ta baland qum tepalar (barxanlar)da deYarli o‘smaydi. Kuchli zichlashgan qumlar, sho‘rlangan maydonlarga chidamsiz. Ilakning biologiYasi va ekologiYasi ayniqsa Turkmaniston qumli cho‘llari misolida Yaxshi o‘rganilgan (Nechaeva va boshq, 1973). Ilak – qumni Yaxshi mustahkamlovchi o‘simlik. Ilakning erosti qismi qator yordamchi ildizlar, ildizpoYalar va porsial tuplardan iborat. Zichlashgan qumlarda porsial tuplar bir-biridan 15-30 sm, bo‘sh qumlarda 50-60 sm masofada joylashadi. Parsellalar o‘z navbatida bir yoki bir necha bir-biriga Yaqin joylashgan chimlardan iborat bo‘lib har qaysisining mustaqil ildiz tizimi mavjud. FenologiYasi: Ilakning ko‘karishi fevral, aksariYat hollarda kuzdanoq boshlanadi, martda gullaydi, aprel-mayda urug‘ beradi. Qizilqumda ilakning vegetatsiYa davri 65-210 kun davom etadi. O‘sish va ob-havo sharoitlariga qarab ilakning pichan hosildorligi gektaridan 0,5-1,5 sentner atrofida. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling