2 – amaliy mashgʻulot orqa miya reflekslarini o‘rganish ishdan maqsad


Download 283 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi283 Kb.
#1723148
Bog'liq
2Orqa miya reflekslarini oʻrganish


2 – AMALIY MASHGʻULOT


ORQA MIYA REFLEKSLARINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Orqa miya reflekslarini tajribalar orqali oʻrganish.
Nazariy qism:
MNS funktsiyasining asosini reflektor faoliyat tashkil qilib, bu shartsiz va shartli reflekslarning oʻzaro ta’siri natijasida eng oddiy reaktsiyadan tortib, to juda ham murakkab javob reaktsiyasining paydo boʻlishida namoyon boʻladi.
Shartsiz refleks deb, MNS ning orqa miya, miya ustuni va poʻstloq osti tugunlari orqali har xil tashqi va ichki muhit ta’siriga doimiy bir xil va tugʻma reaktsiyalarga aytiladi.
Tizza refleksi. Tizza oʻynogʻichining pastidan uning zich boylamiga bolgʻacha bilan urganda roʻy beradi. Reflektor yoy: son nervi, orqa miyaning 3-4 bel segmentlari. Javob reaktsiyalari esa sonning toʻrt boshli yozuvchi mushagining qisqarishi va oyoqning toʻgʻrilanishida namoyon boʻladi.
Axill refleksi. Tovon (Axill) payiga bolgʻacha bilan urish yordamida chaqiriladi. Reflektor yoy: katta boldir nervi (quymich nervining shoxi), orqa miyaning 1-2 quymich segmentlari. Javob reaktsiyasi esa oyoq kaftining bukilishidan iboratdir.
Ish anjomlari: nevrologik bolgʻacha. Ish odamda olib boriladi.



Tajriba oʻtkazish tartibi:

  1. Tizza refleksini tekshirish uchun tekshiriluvchiga kursiga oʻtirishi va oyoqlarini chalkashtirish taklif etiladi. Nevrologik bolgʻacha bilan toʻrt boshli muskul payiga asta uriladi. Oʻng va chap tomondagi reflekslar solishtiriladi.

  2. Axill refleksini tekshirish tizzasini kursiga qoʻygan tekshiriluvchida olib boriladi. Tovon bemalol osilib turadi. Nevrologik bolgʻacha bilan tovon payiga asta uriladi. Tovonning bukilish-bukilmasligi kuzatiladi.

Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: shartsiz reflekslarga ta’rif bering. Somatik reflekslarning reflektor yoyi sxemasini chizing. Somatik va vegetativ reflekslar reflektor yoylarining tuzilishidagi printsipial farqlarini koʻrsating.

Nazorat savollari


1. Orqa miyaning vazifalari nimalardan iborat?
2. Shartsiz refleks deb nimaga aytiladi?
3. Tizza refleksida reflektor yoy sifatida nimalar koʻrinadi?
4. Axill refleksida reflektor yoy sifatida nimalar koʻrinadi?
Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling