2 – Amaliy mashg‘ulot Raqamli signalni shakllantirish tamoyillarini o’rganish ishdan maqsad
Download 149.03 Kb.
|
2 – Amaliy mashg‘ulot Raqamli signalni shakllantirish tamoyillarini o’rganish IShDAN MAQSAD 1.Raqamli kommutatsiyalash tizimlarida ma’lumotlarni uzatish usullarini o‘rganish; 2.Nutq signalini taqdim etish usullarini o‘rganish; 3.Chiziqli kodlash usullarini o‘rganish; 4.HDB-3 chiziqli kodaning o‘ziga xos xususiyatlari va avzalliklarini bilish. TOPSHIRIQ Amaliy ishga tayyorlanishda quyidagi masalalarni o‘rganish kerak: - raqamli signalni taqdim etilishi prinsiplari; - dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha (1.1-jadval) dastlabki signalni kodlash va dekodlashni bajarish; - raqamli telefon tarmoqlarida sinxronlashtirish prinsiplari; - chiziqli kodlashning vazifasi va usullari. - olingan natijalarni tahlil qilish, xulosalar qilish. ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. 1.1-jadvalda keltirilgan topshiriqlar variantlari bo‘yicha) dastlabki signalni kodlash va dekodlashni bajarish, kvantlash va kodlash xatoligini aniqlash. 1.1-jadval Topshiriqlar variantlari
2. Dastlabki berilganlar bo‘yicha (2.2-jadval) dastlabki kodli ketma-ketlikni NRZ, RZ, AMI, HDB-3 kodlar bilan chiziqli kodlashni bajarish. 3. kodlash usullari ma’lumotlarini bir-birlari bilan taqqoslash. Qisqacha tavsifni keltirish. 1.2-jadval Dastlabki berilganlar
HISOBOTNING TARKIBI ARO‘ va RAO‘ funksiyalari – diskretlashtirish, kvantlash va kodlashni qisqacha tavsiflash. Hisoblashlar natijalari bo‘yicha xulosalar keltirilishili dastlabki berilganlar bo‘yicha topshiriqni yechilishini keltirish. RKTda sinxronlashtirishning vazifasi, IKM 30 trakti sinxronlashtirish usullari va tarmoq bo‘yicha sinxronlashtirishni qisqacha tavsiflash. Yechish natijalari bo‘yicha xulosalarni keltirishli topshiriqni yechilishini keltirish NAZARIY MA’LUMOTLAR2.1. Raqamli signalni taqdim etilishi Raqamli uzatish tizimlarida (RUT) va raqamli kommutatsiyalash tizimlarida (RKT) kanalning kirishiga beriladigan analog birlamchi signal uchta vaqt bo‘yicha diskretlashtirish, amplituda bo‘yicha (yoki sath bo‘yicha) kvantlash va kodlash operatsiyalari yordamida o‘zgartiriladi (2.1-rasm) bu operatsiyalar uzatish tomonida ARO‘ (analog-raqamli o‘zgartirgich) deyiladigan qurilmada va qabul qilish tomonida RAO‘ (raqamli-analog o‘zgartirgich) deyiladigan qurilmada amalga oshiriladi. RKTda ARO‘, RAO‘ funksiyalari analog abonentlar liniyasi ulanadigan abonentlar interfeysida yoki analog bog‘lanish liniyalarini ulashda bog‘lanish liniyalari modulida bajariladi. ARO‘ qurilmasi D diskretizator, kvantlagich va kodlash qurimasiga ega bo‘lishi kerak. Odatda birlashtirilgan va ARO‘-RAO‘ funksiyalarining bajarilishi kodekda (koder – dekoder) amalga oshiriladi. 2.1-rasm. Analog-raqamli o‘zgartirgich Diskretlashtirish deb dastlabki signalni diskret sanoqlari ko‘rinishida uzluksiz shaklda taqdim etilishi jarayoniga aytiladi. Chiziqli kvantlash usullarining kamchiliklaridan nochiziqli kvantlash usullar xoli. Nochiziqli kvantlashda kvantlash qadami bir kvantlash qadamidan boshqasiga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish saqlanishi, masalan, logarifmik qonun bo‘yicha saqlanishi kerak. Nochiziqli kvantlash ikkita asosiy usullarga bo‘linadi: - A-qonun bo‘yicha, SERT standartlashtirgan va AQSh va Yaponiyada ishlatiladi (2.2,b-rasm); - -qonun bo‘yicha Shimoliy Amerika tizimi va XEAI standartlashtirgan, AQSh va Yaponiyada ishlatiladi (2.2,v-rasm). Kvantlangan AIM-signallarni kodlash jarayonida keng qo‘llaniladigan IKM (impulsli-kodli modulyatsiya) ishlatilishi mumkin. 2.2-rasm. 8 ga teng kvantlash sathi sonili signalni kvantlash (chiziqli) va kodlash IKM-o‘zgartirishni SERT tizimi misolida atroflicha ko‘rib chiqamiz. Telefon tizimlarida nutq signalini uzatilishining talab qilinadigan sifatini ta’minlash uchun kvantlash sathlarining maksimal soni signalning musbat va manfiy yarim to‘lqinlari uchun 4096 sathlar qabul qilingan. Segmentlar sonini 8, segmentdagi kvantlash qadamini va uning sonli qiymatini Kvantlash qadami turli segmentlarda turli bo‘ladi (2.3-jadval). dastlabki signalni kodlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: 1. Bu signal qiymati uchun kvantlash sathi formula bo‘yicha aniqlanadi. 2. Olingan kvantlash sathi qiymati bo‘yicha bu segmentdagi kvantlash segmenti (S) va kvantlash qadami (K) aniqlanadi. 3. Segment va kvantlash qadamining kodli qiymati aniqlanadi. 4. ning ishorasi bo‘yicha ishora razryadining qiymati aniqlanadi. 5. Liniyaga uzatiladigan kodli so‘z tuziladi. Dekodlash jarayonini quyidagi formulallardan foydalanish bilan teskari o‘zgartirish yordamida bajarish mumkin: , agar S>0 bo‘lsa , agar S=0 bo‘lsa 2.3-jadval A-qonun bo‘yicha kvantlash va kodlash
RUT chiziqli trakti bo‘yicha uzatish uchun ishlatiladigan kod quyidagi asosiy talablar qoniqtirishi kerak: - chiziqli signalning spektri o‘zgarmas tashkil etuvchiga ega bo‘lmasligi kerak, bu simmetriyalovchi transformatorlarni ishlatilishiga imkon beradi va regeneratorlarni o‘zgarmas tok bilan masofadan ta’minotini ta’minlaydi; - signalning energetik spektri iloji boricha tor polosani egallashi kerak, binobarin, yaxshisi bu spektrning maksimumi nisbatan past chastotalar sohasida bo‘lsin, bu regeneratsiyalash oraliqlarining katta uzunliklarini olishga imkon beradi, chunki pastroq chastotalar sohasida kabeldagi so‘nish va o‘tish ta’sirlari kamayadi; - regeneratorlarning normal ishlashi uchun zaru bo‘ladigan takt chastotasi signalini ajratilishi imkoniyati ta’minlanishi kerak; - kodning tuzilmasi shunday bo‘lishi kerakki, regeneratsiyalash jarayonida xatoliklarni vujudga kelishi hisobiga uning buzilishi holatida ekspluatatsiya jarayonida xatoliklar koeffitsientini nazorat qilishni amalga oshirish mumkin bo‘lsin. Aloqa liniyasiga beriladigan signal spektrini optimallashtirish uchun chiziqli kodlash deyiladigan kodlash ishlatiladi. U quyidagilarni ta’minlashi kerak: - nolinchi chastotada minimal spektral zichlikni va uni past chastotalarda cheklanishini; - spektrning uzluksiz qismi fonida oson ajraladigan diskret tashkil etuvchi ko‘rinishidagi uzatiladigan signalning takt chastotasi haqidagi ma’lumotlarni; - aloqa kanali orqali signalni buzilishlarsiz uzatish uchun yetarli tor polosali uzluksiz signalni; - aloqa kanalidagi nisbiy uzatish tezligini kamaytirish uchunkam ortiqchalikni; - takrorlanadigan simvollar (“1” yoki “0”) bloklarining minimal mumkin bo‘lgan uzunliklarini va disparitetlikni (kodli kombinatsiyalardagi “1” va “0”sonlarining tengsizligi). Kodlarni ishlatilishida ularning simvollarini keyingi operatsiyalarning bajarilishi va aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish uchun qulay u yoki bu shakldagi diskret signal elementlari ko‘rinishida taqdim etish zarur. Signallar shakllari kodning simvollari bilan qat’iy biriktirilishi shart emas. Kodning bir simvoli shakllarning almashishi, ikkinchi simvol esa oldingi elementning shakli bilan aks ettiriladigan nisbatan kodlash qoidalari keng tarqalgan. Signalning shaklini tanlash eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda energetik spektrni (egallanadigan chastotalar polosasini), sinxronlashtirish signallarini ajratilishi imkoniyatini, chastotalar polosasi birligiga hisoblanganda uzatish tezligini (solishtirma uzatish tezligini) aniqlaydi. Aloqa liniyalari bo‘yicha uzatishga mo‘ljallangan raqamli signallarning shakllari chiziqli kodlar (ChK) nomlarini oldi. ChK noldan boshlanadigan birlamchi chastotalar polosasida modulyatsiyalashsiz ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, raqamli uzatish tizimlarining shakllantirilgan va oddiy ikkilik ketma-ketliklaridan iborat bo‘lgan kadrlari liniyaga berilishidan oldin chiziqli koderda mos o‘zgartiriladi. Download 149.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling