2 – Amaliy mashg‘ulot Raqamli signalni shakllantirish va raqamli E1oqim tamoyillarini o‘rganish
Download 272.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAT sirtqi
HISOBOTNING TARKIBI
1. ARO‘ va RAO‘ funksiyalari – diskretlashtirish, kvantlash va kodlashni qisqacha tavsiflash. 2. Hisoblashlar natijalari bo‘yicha xulosalar keltirilishili dastlabki berilganlar bo‘yicha topshiriqni yechilishini keltirish. 3. RKTda sinxronlashtirishning vazifasi, IKM 30 trakti sinxronlashtirish usullari va tarmoq bo‘yicha sinxronlashtirishni qisqacha tavsiflash. 4. Yechish natijalari bo‘yicha xulosalarni keltirishli topshiriqni yechilishini keltirish NAZARIY MA’LUMOTLAR 2.1. Raqamli signalni taqdim etilishi Raqamli uzatish tizimlarida (RUT) va raqamli kommutatsiyalash tizimlarida (RKT) kanalning kirishiga beriladigan analog birlamchi signal uchta vaqt bo‘yicha diskretlashtirish, amplituda bo‘yicha (yoki sath bo‘yicha) kvantlash va kodlash operatsiyalari yordamida o‘zgartiriladi (2.1-rasm) bu operatsiyalar uzatish tomonida ARO‘ (analog-raqamli o‘zgartirgich) deyiladigan qurilmada va qabul qilish tomonida RAO‘ (raqamli-analog o‘zgartirgich) deyiladigan qurilmada amalga oshiriladi. RKTda ARO‘, RAO‘ funksiyalari analog abonentlar liniyasi ulanadigan abonentlar interfeysida yoki analog bog‘lanish liniyalarini ulashda bog‘lanish liniyalari modulida bajariladi. ARO‘ qurilmasi D diskretizator, kvantlagich va kodlash qurimasiga ega bo‘lishi kerak. Odatda birlashtirilgan va ARO‘-RAO‘ funksiyalarining bajarilishi kodekda (koder – dekoder) amalga oshiriladi. 2.1-rasm. Analog-raqamli o‘zgartirgich Diskretlashtirish deb dastlabki signalni diskret sanoqlari ko‘rinishida uzluksiz shaklda taqdim etilishi jarayoniga aytiladi. Chiziqli kvantlash usullarining kamchiliklaridan nochiziqli kvantlash usullar xoli. Nochiziqli kvantlashda kvantlash qadami bir kvantlash qadamidan boshqasiga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish saqlanishi, masalan, logarifmik qonun bo‘yicha saqlanishi kerak. Nochiziqli kvantlash ikkita asosiy usullarga bo‘linadi: - A-qonun bo‘yicha, SERT standartlashtirgan va AQSh va Yaponiyada ishlatiladi (2.2,b-rasm); - µ -qonun bo‘yicha Shimoliy Amerika tizimi va XEAI standartlashtirgan, AQSh va Yaponiyada ishlatiladi (2.2,v-rasm). Kvantlangan AIM-signallarni kodlash jarayonida keng qo‘llaniladigan IKM (impulsli-kodli modulyatsiya) ishlatilishi mumkin. 0110101 0 Кириш Чиқиш Аналог сигнал Рақамли сигнал АИМ Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling