2- AMALIY MASHGʻULOT
To‘g‘ri chiziq. To‘g‘ri chiziqning fazodagi holati. Xususiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziqlar.
Reja:
To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari. Umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq
Kesmaning uzunligi va proeksiya tekisliklariga og‘ish burchaklarini yasash
2.1. To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari. Umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq
To‘g‘ri chiziqning uzunligi cheksiz bo‘lganligi uchun chizmada uning biror qismi yoki kesmasi bilan tasvirlanadi. To‘g‘ri chiziq qismi biror nuqtasining ikkita proeksiyasi (yoki koordinatalari) va yo‘nalishi bilan boriladi. Kesma esa to‘g‘ri chiziqning bir – biridan farqli ikki nuqtasining proeksiyalari (yoki koordinatalari) bilan beriladi.
2.1-shakl
71-shakl
2.1-shaklda AB to‘g‘ri chiziqning fazoviy holati va uchta proeksiya tekislik-laridagi proeksiyalari tasvirlangan. Kesmaning A va B uchlari proeksiya tekisliklaridan har xil uzoqlikda bo‘lganligi uchun, kesma H,V,W – proeksiya tekisliklarining har biriga og‘ma bo‘ladi. Demak, kesmaning uchchala proeksiyasi ham uning o‘zidan qisqa bo‘lib tasvirlanadi.
α, β, γ – AB kesmaning H,V,W – proeksiya tekisliklariga og‘ish burchaklari. Proeksiya tekisliklarining har biriga og‘ma bo‘lgan, ya’ni proeksiya tekisliklarining hech biriga parallel bo‘lmagan to‘g‘ri chiziq, umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq deyiladi.
Epyurda umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq kesmasining proeksiyalari proeksiya o‘qlarining barchasiga og‘ma bo‘ladi (2.2-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |