2- бошқарув қарорларига қўйиладиган талаблар
Download 127 Kb.
|
2-mavzu
2- Mavzu Biznesda boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar Reja 1. Biznesda qarorning maqsad va vazifalari. 2.Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar 3. Biznesda qaror qabul qilish texnologiyasi. 1. Biznesda qarorning maqsad va vazifalari. Pedagogik jarayonni boshqarishda tezkor qaror qabul qilish talab etiladi. Negaki vaziyat omili o’z tahsir darajasiga egadir. Shu sababli, qarorga ayrim talablar qo’yiladi. Bular: • Qaror ilmiy asoslangan bo’lishi lozim. • Tezislar bir-biri bilan aloqador va yakdil bo’lishi kerak. • Xuquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim. • Aniq yo’nalishga ega bo’lishi kerak. • Vaqt bo’yicha qisqa va aniq bo’lishi kerak. • Tezkor bo’lishi kerak. • Pedagogik faoliyat manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. • Mavjud resurslarni inobatga olgan bo’lishi kerak. • O’quv, o’quv - uslubiy, mahnaviy - mahrifiy va tashkiliy vazifalarni qamrab olgan bo’lishi kerak. Biznes doirasida qaror qabul qilish – bu faoliyatning markaziy nuqtasi hisoblanadi. Unda tanlangan maqsad o’z aksini topgan bo’ladi. Shu sababli, qaror qabul qilish jarayoni fikrlash jarayoni bo’lib, u oldindan maqsadni va harakatlarni amalga oshirish uslubini anglashni, makon va vaqt, vaziyat va mashuliyatni his etishni taqozo etadi. Nazariy jihatdan, jarayon tarzida qaror qabul qilishga nisbatan uchta yondashuvni ajratish mumkin: 1. Intuitiv yondashuv (bunda qaror his –tuyg’ular asosida qabul qilinadi, “tarafdorlar” va “qarshilar” tahlil qilinmaydi. Mahlumki, odamning intuitsiyasi tajribani egallash bilan birgalikda rivojlanadi. Turli kishilarda bu sezgi turlicha darajada ifodalanadi. Mahlumotlar dalolat berishicha, to’g’ri qaror qabul qilishda bu yondashuvning imkoniyatlari katta emas. Qaror qabul qilishda odam o’z intuitsiyasini boshqa yondashuvlar bilan birgalikda mustahkamlab borishi kerak); 2. Dalillarga asoslangan tarzda yondashish (bu bilimlarga va to’plangan tajribaga asoslangan qaror tanlovidir. Bunday qarorlar mantiqan olganda sust, lekin bu yondashuvning afzalligi uning tezligi va alternativalarni tanlashning kam sarfliligidadir. Bilim va tajribadan foydalanib, sog’lom fikrga asoslanib, odam oldin o’xshash vaziyatlarda ko’proq muvaffaqiyat keltirgan variantni tanlaydi. Agar odamning oldingi tajribasida o’xshash vaziyat bo’lmagan bo’lsa, bu yondashuv odatda natija bermaydi); 3. Ratsional yondashish, u oldingi tajribaga bog’liq emas va tahliliy asoslangan qaror. Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling