2- бошқарув қарорларига қўйиладиган талаблар


Biznesda qaror qabul qilish texnologiyasi


Download 127 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi127 Kb.
#1015634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

3. Biznesda qaror qabul qilish texnologiyasi.
Qaror, vujudga kelgan muammoni bartaraf etishi uchun normativ talablarga mos tushishi bilan birga aniq shaklga taaluqli bo’lishi shart.
Qarorning asosiy shakllari:
- yakkaboshchilik printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- kollegiallik (ko’pchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar,
- - konsesus printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- «Ringli» usul asosida qabul qilingan qarorlar.
Qarorni qaysi turga taalluqligidlan qathiy nazar, ularda normativ talablar saqlangan bo’lishi lozim.
Bular: Qarorning samaradorligi. Tanlangan alg’ternativa muammoli vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni tahminlashi va ehtimolda tutilganlardan eng yaxshisi bo’lishi kerak.
Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinayotgan alg’ternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yo’llarini ko’rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga xam tushunarli bo’lishi kerak.
Qarorning o’z vaqtidaligi. “Absolyut to’g’ri” qarorning o’zi yo’q. Har qanday qaror u yoki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida to’g’ri bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’z-o’zicha to’g’ri qaror o’z vaqtida emasligi – kechikkanligi yoki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi mumkin.
Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, o’z vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu holda ba’zida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real – bajariladigan variantlar o’rtasida go’yoki kompromiss variant sifatida ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini o’zgartirib kelishuvchanlikka borish holatlari).
Qarorning konkretligi va reglamentligi. Yaxshi qaror nafaqat muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy – printsipial yechimini beradi, balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini – yahni rejasini ham o’z ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu orqali muammoga konstruktiv yondoshish imkonini beradi.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling