2- boshlovchi: asliya she’riyat olovli yurakdir asli She’riyatni yengmas na o’lim, na vaqt, She’riyat karvonin ayol sarboni
Download 14.37 Kb.
|
Edit file 28
- Bu sahifa navigatsiya:
- She’riyat karvonin ayol sarboni. G’am pallasidan topdingizmi baxt. 1 OG’ABEK Assalomu alaykum aziz ustozlar va qadrli talabalar.
- 1 – Boshlovchi : OG’ABEK
- Endi navbatni hayotni tarannum etuvchi she’rlariga . 1 – Boshlovchi : OG’ABEK
- 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Endigi navbat shioramiz hayoti va ijodi haqidagi sahna ko’rinishiga. Marhamat. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK
1 – Boshlovchi: OG’ABEK Qayg’udan baxt topgan ayol qudrati, Chaqmoqning toshidek, gullardek nozik. Vafo, sadoqatning yorug’ timsoli, Muhabbat cho’qqisida qad ko’tarar tik. 2- Boshlovchi: ASLIYA She’riyat olovli yurakdir asli ...... She’riyatni yengmas na o’lim, na vaqt, She’riyat karvonin ayol sarboni. G’am pallasidan topdingizmi baxt. 1 OG’ABEK Assalomu alaykum aziz ustozlar va qadrli talabalar. 2. ASLIYA Assalomu alaykum adabiyot va she’riyat shaydolari. 1 – Boshlovchi: OG’ABEK Barchangizni shoira tavalludiga bag’ishlangan tadbirimizda ko’rib turganimizdan xursandmiz. Sevimli shoiramiz o’z she’rlari bilan bizni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda. 2- Boshlovchi: ASLIYA Bugungi “ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI” deb nomlangan kechamizni ochib berish uchun so’z navbatini universitetimiz (fakultetimiz)..............................beramiz. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Zulfiyaxonim bir paytlar “Hali yer yuzida bugungidan ham yaxshiroq insonlar – ruhi boy odamlar yashaydi. Agar o’sha kishilar ham mening bir satrimni esga olsalar, o’sha satr ular uchun kerakli bo’lsa, qalbining bo’sh bir nuqtasini to’ldirsa, Qalamimga shu umid kuch beradi deb yozgan edi. 2- Boshlovchi: ASLIYA Zulfiyaxonimning ijodiy va hayotiy me’rosi donolik, sadoqat, vafo, e’tiqodning eng hayotbaxsh o’zanlaridan saboq beraveradi. Shoiraning hayoti va ijodi haqida deyarli barchamiz bilamiz, she’rlaridan yod olganmiz. Keling yaxshisi navbatni ajoyib videorolikdan so’ng shioramizning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarga beramiz, marhamat. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Ey, yurak dardingni she’rga bitaylik Satrlar titrasin alam taftidan, Qancha g’am bo’lsa ham ichga yutaylik, Oxiri ko’rinmas qara aftidan. 2- Boshlovchi: ASLIYA Shundayin she’r yozay, sochib g’amlarim, Bizni dard bo’lsa ham o’qishsin qayta. O’tmish onlariga mudom sho’ng’ishib Tiliga o’rnashsin ayta va ayta. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Endigi navbatni mana shunday ajoyib she’rlar muallifi, ajoyib ovoz sohibi, fakultetimizning faol va ijodkor yoshlaridan biri boʻlgan Suyunov Sobirjon ijrosidagi Maftun bo’ldim qo’shig’iga beramiz. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh vatan haqida, uning go’zal tabiati, mehnatkash odamlari, buyuk bunyodkorlik qudrati asosida bo’lsin barchasida hayotsevarlik istagi namoyon. 2- Boshlovchi: ASLIYA Zulfiyaxonimning hayotga munsabati, bardoshi, orzu – umidlari, ruhiyatidagi olam mavjlari, she’rlaridagi so’zlarda aks etgan. She’rlarida tong timsoli, buyuk baxt, va yorug’ dunyo timsoli jaranglab turadi. Endi navbatni hayotni tarannum etuvchi she’rlariga . 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Ardoqli shoiramiz Zulfyaxonim isroilova onalarini xotirlar ekanlar: Mo’jizalarga sabab bo’luvchi, dunyoni fosh qiluvchi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovchi, soʻzga bo’lgan mehrni oddiygina ayol – onam uyg’otganlar. Agar iste’dodim bor bo’lgan bo’lsa, uning chashmasi onam, agar adabiyot ahliga bir kaft don yanglig’ she’riy hosil tutgan bo’lsam, onam uning urug’ini qalbimga sochganlar deb yozgan shoiramiz.. 2- Boshlovchi: ASLIYA Shoiraning ijodiy kamolotida nafaqat onasi, balki turmush o’rtog’ining ham ta’siri katta. Zulfiyaxonim Hamid Olimjon haqida shunday yozadi: Hayotimning 10 yili Hamid Olimjon bilan hamnafas va hamqadam o’tgani men uchun baxt bo’ldi. Shoir, o’z ona tili va adabiyotining bilimdoni, qobiliyat va iste’dod sohibi , qalbim va ruhimga uyg’un hamrohim . Men undan fikrlashni, mehnat qilishni va she’r yozishni o’rgandim . 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Endigi navbat shioramiz hayoti va ijodi haqidagi sahna ko’rinishiga. Marhamat. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Endigi navbat Matyoqubova Mohinur ijrosidagi raqsga. Marhamat. Keyin Qo’shiq qo’yiladi va barcha ishtirokchilar sahnaga chiqishadi. 1 – Boshlovchi : OG’ABEK Shu bilan Zulfiyaxonimga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Tadbirimizni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan ustozimizdan biri Raximberganova Zilola opaga va 2- Boshlovchi: ASLIYA Tyutorimiz Gulbekov Husniddin akaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. E’tiboringiz uchun rahmat..! THE END..! Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling