2- LАBORАTORIYA ISHI
Mavzu: To’qima tuzilishini aniqlovchi omillar.
Ishdan maqsad: To’qima tuzilishini aniqlovchi omillarni Sartorius CP34001S, UM-D2000 asboblarida o’rganish.
Topshiriqlar:
1. Gazlamalarning oʼlcham xossalari qalinligi, eni va uzunligini aniqlash.
2. Gazlamalarning mustahkamligini aniqlash.
3. Tanda yoki arqoq boʼyicha zichligini aniqlash.
4. Bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar yozilsin.
Gazlamalarning oʼlcham xossalari qalinligi, eni va uzunligini aniqlash.
Gazlamalarning oʼlcham xossalari. Gazlamalarning oʼlcham xossalariga uning qalinligi, eni va uzunligi kiradi.
Gazlamalarning qalinligi iplarning yoʼgʼonligiga, pishitilganlik darajasiga, oʼrilish xiliga, gazlama zichligiga va pardozlash usuliga bogʼliq.
Gazlamalarning vazni uning sifat darajasini va uni tayyorlash uchun qancha xom ashyo ketishligini koʼrsatadi.
Gazlamalarning oʼlcham xossalarini aniqlash uchun gazlama toʼdasidan namuna tanlab olish ishlari GOST 3811-72 standarti boʼyicha amalga oshiriladi. Olingan namunaning massasi, uzunligi, eni va qalinligi aniqlanadi. Gazlamaning tuzilishi va mexanik xususiyatlarini aniqlash uchun namuna standarta berilgan bichish shakli boʼyicha bichiladi (17-rasm).
Gazlamalarning mustahkamligini aniqlash.
Gazlamalarning mustahkamligini aniqlashda paxta uchun uskuna qisqichlari orasidagi masofa 200 mm, jun gazlamalar uchun 100 mm boʼladi. Gazlama qirqim boʼlagining eni 50 mm ni tashkil etadi.
Sinov ishlaridan olingan natijalar quyidagi formulalar boʼyicha hisoblanadi: 1 m gazlamaning chiziqli massasi (g/m);
bu yerda: -gazlama namunasining massasi,g; -namunaning uzunligi, mm.
Gazlamaning 1 m2 massasi (g/m2);
bu yerda: -gazlama namunasining eni, mm.
Gazlamaning hajmiy massasi (mg/mm3);
bu yerda: -gazlamaning qalinligi, mm.
Tanda yoki arqoq boʼyicha zichligini aniqlash.
Tanda yoki arqoq boʼyicha zichligi (Zt,Za) 100 mm masofaga toʼgʼri keluvchi tanda va arqoq iplarining soni boʼyicha aniqlanadi.
Tanda va arqoq boʼyicha gazlamaning chiziqli toʼldirilishi , foizda:
bu yerda: -tanda va arqoq iplarining hisobiy diametri boʼlib, u quyidagicha boʼladi.
Gazlamaning yuza toʼldirilishi (foiz);
Gazlamaning hajmiy toʼldirilishi (foiz);
bu yerda: -gazlamadagi ipning hajmiy vazni, mg/mm3 boʼlib, paxta ipi uchun 0,8-0,9 mg/ mm3 boʼladi.
Gazlama yuzasining gʼovakligi (foiz);
Gazlamaning hajmiy gʼovakligi (foiz);
Gazlamaning umumiy gʼovakligi (foiz);
bu yerda: - gazlama vaznining toʼldirilishi, foiz
Gazlamalarning tuzilish tavsiflarini aniqlash uslubi. Gazlama namunasi stol ustiga yoziladi. Qalam va chizgʼich yordamida namuna chegarasi belgilanadi. Namunaning uzunligi uchta joyidan aniqlanadi. Oʼlchash ishlari 1 mm gacha xatolik bilan olib boriladi. Olingan uchta oʼlchamning oʼrtacha arifmetik qiymati topiladi
Gazlama namunasining qalinligi mikrometr yordamida aniqlanadi. Olingan koʼrsatkichlarning oʼrtacha arifmetik qiymati topiladi.
Keyin, gazlamani bichimda koʼrsatilgan (18-rasm) koʼrinishda qaychi yordamida qirqiladi va qirqim boʼlaklarga ajratiladi. Tanda va arqoq yoʼnalishi boʼyicha 50 mm dagi iplar soni sanab chiqiladi.
Gazlamaning tanda boʼyicha zichligi quyidagi formula yordamida topiladi.
bu yerda: -qirqim boʼlaklaridagi iplarning soni.
Gazlamaning arqoq boʼyicha zichligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
Gazlama iplarining chiziqli zichligini (teks) aniqlash uchun 5x10 sm qirqim boʼlaklaridan tanda va arqoq yoʼnalishi boʼyicha 50 ta ip chiqarib olinib, 1 mg gacha xatoligi bilan vazni aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |