2- laboratoriya ishi. Plauntoifa boʻlimi. Qirqboʻgʻimtoifa boʻlimi. Qirqquloqtoifa boʻlimi
Download 209.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2- lab ishi
2- Laboratoriya ishi. Plauntoifa boʻlimi. Qirqboʻgʻimtoifa boʻlimi. Qirqquloqtoifa boʻlimi. PLAUNTOIFALAR BO‘LIMI (Lycopodiophyta) Kerakli materiallar: cho‘qmoq plauni (Sycopodium clavatum) va selaginella turkumidan Selaginella selaginoidesning gerbariysi va bu plaunlar spora saqlovchi boshoqchalarining bo‘yiga kesigidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar. Umumiy tushuncha Plaunlar sporofitining o‘ziga xos belgilari - mayda, ba’zan tangachasimon birbiriga zich joylashgan barglarga (mikrofillarga) ega bo‘lishidir. Bu bo‘lim vakillari yaxshi shakllangan ildizga, poyaga ega bo‘lib, o‘tsimon yoki yog‘ochlashgan. Poya va ildizning shoxlanishi uchki. Bo‘lim asosan ikki sinfga bo‘linadi: 1. Plaunsimonlar (Jycopodiopsida). 2. Polushniksimonlar (Jsoetopsida). Birinchi sinf vakillari asosan bir xildagi sporalar hosil qilsa, ikkinchi sinf vakillari esa katta-kichik har xil sporalar hosil qiladi, shuning uchun ham gametofitlari ayrim jinsli. Topshiriqlar 1. Ma’lum bir turkum turini morfologik izohlash va uning tuzilishini (barg, sporofilli boshoqcha o‘qi, sporangiyali sporofillar va spora) chizib olish. Ish tartibi a) Plaunlaming o‘ziga xos belgilarini cho‘qmoq plauni misolida ko‘rib chiqamiz. Bu plaun doimiy yashil bo‘lgan 2-3 metr, yotib o‘suvchi va undan vertikal shoxlangan novdaga ega o‘simlik bo‘lib, ignabargli o‘rmon zonasida keng tarqalgan. Poyasi yumaloq, barglari ketma-ket joylashgan. Barg plastinkasi cho‘zinchoq bo‘lib, uzun ingichka tola bilan tugallanganligi kuzatiladi. So‘ngra spora saqlovchi boshoqcha tuzilishi, joylashishi bilan tanishamiz. Boshoqchalar uzun oyoqchada 2 tadan, ba’zi hollarda esa 3-5 tadan joylashgan. Boshoq silindr shaklida bo‘lib, o ‘q va unda zich joylashgan sporofillardan iborat. Sporofillar shakli va tuzilishi jihatidan vegetativ barglardan farqlanadi. tangachasimon uchburchak shaklda bo‘lib, uchi bir oz tepaga qaragan, o‘ikir uchli. Kuzatib bo‘lingach, boshoqchaning bir qismi, sporangiyali sporofil chizib olinadi. Boshoqchaning tuzilishini mavjud bo‘lgan doimiy preparat orqali ham kuzatish Mumkin. Undan so‘ng esa spora tuzilishi o‘rganiladi. Buning uchun sporangiy ezilib, undagi sporani buyum oynasiga to‘kiladi va mikroskopda kuzatilib chizib olinadi. Bunda sporalaming hammasini bir xilda, mayda ekanligiga ahamiyat bering. a) Xuddi shu tartibda har xil sporali plaunlarning ma’lum bir tur vakilini kuzating b) Ikki sinf vakillaridagi asosiy farqlar va o‘xshashliklar nimalarda ekanligini miiqlang va ulami taraqqiyot siklida ko‘rsating. QIRQBO‘G‘IMTOIFALAR BO‘LIMI (Equisetophyta) Kerakli materiallar: dala qirqbo‘g‘imi (Equisetum arvense) yoki o ‘tloq qirqbo‘g‘inining (Ye.Pratenss) tirik va gerbariy namunalari. Ularning spirtda saqlangan yoki quritilgan spora saqlovchi boshoqchalari, shuningdek, sporali boshoqchaning bo‘yiga kesigidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar. Umumiy tushuncha Qirqbo‘g‘imlar sporofitining o‘ziga xos belgilari poya yon novdalarining mutovka- holida joylashganligidir. Barglari ham mutovka holida joylashgan bo'lib, bo‘g ‘in va bo‘g‘in oraliqlari aniq seziiadi. Barglari mayda (mikrofilliya), reduksiyalangan, bitta o'rta tomirchaga ega, Sporangiyalari esa sporofillarida joylashgan bo‘lib, boshoqchalarga to‘plangan. Devon vapaleozoy eralarida bu bo‘limning ko‘pgina vakillari daraxtsimon bo‘lib, keng tarqalgan. Hozirgi kunda bu bo‘limning faqatgina bitta qirqbo‘g‘insimonlar sinfiga, bu sinf esa faqatgina bitta qirqbo‘g‘inlar (Eguisetum) turkumiga ega. Bu turkum 30 dan ortiq turga ega bo‘lib, hammasi o‘tsimon o‘simliklardir. Topshiriqlar 1. Turkumning bir turini to‘liq ifodalash (morfo-biologik va sistematik belgilar). 2. Spora saqlovchi boshoqchaning (poyaning) tuzilishini o‘rganib chiqib, chizib olish va ularni belgilash. QIRQQULOQTOIFA BO‘LIMI (Polypodiophyta) Download 209.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling