2- laboratoriya ishi. Plauntoifa boʻlimi. Qirqboʻgʻimtoifa boʻlimi. Qirqquloqtoifa boʻlimi


Download 209.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi209.05 Kb.
#1039155
1   2
Bog'liq
2- lab ishi

Kerakli materiallar: 1. Erkak qirqquloq (Dryopteris filix mass), zuhra soch 
(Adianthum capillus-veneris) kabi qirqquloqlar tirik yoki gerbariy namunalari. 
2. Suzuvchi salviniya (Salvinia natans) gerbariysi, shuningdek, soridiyali vayi 


kesigidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlar. 
Bu bo‘limning o‘ziga xos xususiyatlari barglarining yirik (megafilliya)ligi, ildiz 
sistemasining yaxshi shakllanganligi va spora saqlovchi boshoqchalaming 
bo‘lmasligidir. O‘zbekiston hududida qirqquloqlaming faqat o‘tsimon vakillarigina 
uchraydi. B o‘lim 10000 dan ortiq turga ega bo‘lib, uchta sinfga bo‘linadi: 
1. Ujavniksimonlar. 
2. Maratiyasimonlar. 
3. Polipodiyasimonlar yoki haqiqiy paporotniklar. Bu sinf ikkita qabilaga 
bo‘linadi: 
1) Polipodiyanamolar. 
2) Salviniyanamolar. 
Hozirgi kundagi mavjud bo‘lgan ko‘pchilik qirqquloqlar sporangiyasi yupqa 
qobiqqa ega bo‘lib, halqa shaklida yoriladi. Sporangiylarda asosan 64 ta spora 
yetiladi. Ba’zi bir sinf vakillarida bir xildagi sporalar hosil bo‘!sa (erkak qirqquloq), 
ba’zi 
vakillarida esa har xil sporalar (katta-kichik) hosil bo‘ladi (suv qirqquloqlari). 
Ko‘pchilik vakillarining poyasi qisqa bo‘!ib, bargi faqat yuqori tomonidan 
shakllanadi, qo‘shimcha ildizlar esa pastki tomonidan hosil bo‘ladi. Sporangiylar 
to‘plami (soruslar) esa assimilatsiya qiluvchi barglaming (pastki) orqa tomonida 
joylashgan. Gametofit o ‘simtalari, odatda, bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, ular 
yer ustki, yashil. Har xil spora hosil qiluvchi vakillarida esa mikro- va 
megasporangiylar hosil bo‘ladi, har bir megasporangiy 32 tadan megaspora hosil 
qiladi, lekin faqat bittasigina hayotchanlik xususiyatiga ega. Har qaysi 
mikrosporangiyda esa 64 tadan mikrospora bo‘ladi. 
Mikro- va megasporangiylar bir-biri bilan tutashgan sporakarpiyalarda joylashgan 
bo‘lib, sporalar sporangiylar ichida o‘sadi. Har xil spora hosil qiluvchi vakillarida 
gametofitlaming reduksiyalanishi kuzatiladi. Masalan, erkak gametofitning 
vegetativ qismi faqat ikkitagina hujayraga ega. Urg‘ochi gametofit esa shunchalik 
kiclikinaki, uning bir qismi megaspora qobig‘ida qoladi. 
Boshlang‘icli o‘sish davrida sporofit-yashil urg‘ochi gametofit hisobiga oziqlanadi 
(Salvinia, Marsilla va boshqa). 
Ish tartibi 
Namuna tariqasida erkak qirqquloq tuzilishi bilan tanishamiz (Dryopteris filix 


mass). Buning uchun spora hosil qilish davrida yig‘ilgan gerbariy dan foydalaniladi
va o ‘simlikning hayotiy shakli, ildizpoyaning joylashishi, shakli, bargning 
morfologik tuzilishi; soruslaming joylashishi, shakli, induziy (qoplagich pardaning) 
boryo‘qligi kabilar aniqlanadi. Erkak qirqquloq sporofiti ko‘p yillik, o’t o‘simligi 
bo‘lib, balandligi 1 m gacha, yer ostida y o ‘g ‘on, qisqa qora-qo‘ng‘ir ildizpoyaga 
ega. Ildizpoyaning yuqori uchki qismidan yashil barglar bog‘lami chiqadi. Barglari 
cho‘zilgan ellipssimon, ikki marotaba patsimon kesilgan. 
Bargning orqa (pastki) qismida markaziy tomirlar bo‘ylab sporangiylar to‘dasi - 
soruslar joylashgan, ular ustki tomondan qoplagich induziyalarga ega. Kuzatilgan 
belgilar chizib olinishi kerak. So‘ngra soruslar kesigidan preparat tayyorlanib
mikroskopning katta-kichik obyektlarida kuzatiladi. Sporalaming chiqishini 
kuzatish uchun esa buyum oynasiga ustki soruslardan ajratib olingan sporangiy 
qo‘yilib, suv tomchisi tomiziladi va kichik obyektivda kuzatiladi. Sporalar qulay 
muhitga tushgach, ulardan o‘simtalar hosil bo‘ladi (gemetofit). U ikki jinsli, yashil, 
4 mm kattalikdagi yuraksimon plastinka shaklida bo‘lib, o‘yiqchalar atrofidagi 
arxegoniylar va rizoidlarga ega bo‘lgan qismida yumaloq shakldagi anteridiylar 
mavjud. Har xil sporali qirqquloqlar tuzilishini suzuvchi salviniya (Salvinia natans) 
misolida mustaqil o ‘rganib, taraqqiyot siklini taqqoslang. 

Download 209.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling