Fakultet: Tabiiy fanlar Yo’nalish: Biologiya ta’lim Guruh: 104 Studentka: Soyibjonova Sabohat O’qituvchi: Xojiqulov Azizbek Mavzu:Modda va moddalar aralashmasining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash. Kationlarning guruhlarga bo’linishi - Sifat analizi usullari.
Tekshirilayotgan moddaning miqdori yoki hajmiga ko‘ra analiz usullari: makro-, yarim-mikro-, mikro-, va ultramikro usullariga bo‘linadi:
*ЛMakro usulda reaksiya o‘tkazish uchun 1-10 g quruq modda yoki 10-100 ml eritma olinadi. Reaksiyalar oddiy probirkalarda olib boriladi, hosil bo‘lgan cho‘kmalar filtrlash orqali ajratiladi, yuviladi va aniqlanadi.
Yarim-mikro usulda reaksiya olib borish uchun 0.05-0.5 g quruq modda yoki 110 ml eritma olinadi. Reaksiyalar tubi kichraytirilgan probirkalarda tomchi usullarida o‘tkaziladi. Cho‘kmalarni eritmalardan ajratish uchun sentrafugalardan foydalaniladi.
Mikro usulda analiz olib borish uchun 0.001-10-6 g quruq modda yoki 0.1-1 ml eritma olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o‘tkaziladi.
Ultra-mikro usulda analiz olib borish uchun 10-6-10-9 g quruq modda yoki 10-410-6 ml eritma olinadi.
Keltirilgan usullardan yarim - mikrousulda ham aniq natijalar olish mumkin. Shuning uchun tekshirilayotgan moddani sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishda asosan yarim - mikro usul ishlatiladi.
|
Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi (0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi.
Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi“ (NaNH4HPO44H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro,"yarim makro", "yarim mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan.
Anorganik moddalarni analiz qilishda ko'pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko'riladi. Ma'lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya'ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsilangan bo'ladi. SHu sababli "ho'l" usul bilan o'tkaziladigan reaktsiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o'rtasida boradi, binobarin bu reaktsiyadan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.
|
Masalan: HCl yoki hloridlarning eritmasidan hlorni topish uchun AgN)3 ta'sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho'kma AgCl hosil bo'ladi. CHo'kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3 →AgCl↓ + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ca(NO3)2
BaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl↓ + Ba(NO3)2 (1)
CHo'kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo'ladi, ya'ni:
Ba2+ Q 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- =↓2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)
Bir hil ionlarni reaktsiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaktsiya tenglamasi quyidagi ko'rinishda yoziladi:
2Cl- + 2Ag+ = ↓2AgCl
|
Sulfidlari suvda eruvchan
| |
Sulfidlari suvda erimaydi yoki suv ta'siridan erimaydigan gidroksidlar hosil qiluvchi
| | |
Karbonatli tuzlari suvda
| |
Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda eriydi yoki suv ta'siridan kislotalarda eriydigan gidroksidlar hosil qiluvchi
|
Sulfidlari suyultirilgan kislotalarda erimaydi
| |
Eruvchan
|
erimaydi
| | | |
I guruh
|
II guruh
|
I I I guruh
|
IV guruh
|
V guruh
|
K', Na', NH4', Mg2' Guruh
reagenti yo‘q
|
Sa2', Sr2',
Ba2'
Guruh reagenti (NH4)2CO
3
|
Al3', Cr3', Fe3',
Fe2', Mn2',
CO2', Zn2'
Guruh reagenti (NH4)2S 2
|
.Ag guruhi Ag', Pb2', Hg22'
xloridlari suvda erimaydi. Guruh reagenti HCl.
. Cu guruhi Cu2', Cd2', Bx3'
xloridlari suvda eruvchan. Guruh
|
Sulfidlari Na2S da eriydi. Hg2', As3', AS5', Sb3', Sb5', Sn2', Sn4' Guruh reagenti Na2S.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |