2 – laboratoriya ishi yung modulini egilishdan aniqlash ishning maqsadi
Download 158.45 Kb.
|
2 - mashg\'ulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va jihozlar
- Nazariy ma’lumotlar
2 – laboratoriya ishi YUNG MODULINI EGILISHDAN ANIQLASH Ishning maqsadi: maxsus qurilma yordamida turli moddalardan yasalgan to‘g’ri to‘rtburchak kesimli sterjenlarning yuk ta’sirida egilishini o‘lchab, egilishdan Yung (elastiklik) modulini aniqlash. Kerakli asbob va jihozlar: 1. Elastiklik modulini aniqlash uchun qurilma. 2. Uzayish indikatori. 3. Elastiklik moduli aniqlanuvchi sterjenlar (material). 4. Shtangentsirkul. 5. 1 m uzunlikdagi masshtabli chizig’ich. 6. 2 kg gacha bo‘lgan har xil massali yuklar. Nazariy ma’lumotlar: Bu mashqda alyuminiy va yog’ochdan yasalgan sterjenlardan foydalanib, shu moddalarning elastiklik modulini tajribada aniqlanadi. Agar to‘g’ri elastik sterjenning bir uchini devorga kirgizib qattiq mahkamlab, uning ikkinchi uchiga R yuk qo‘yilsa,u holda sterjenning yuk qo‘yilgan uchi pasayadi, ya’ni sterjen’ egiladi. Ravshanki, bu holda sterjenning ustki qatlamlari cho‘ziladi ostki qatlamlari siqiladi, neytral qatlam deb ataluvchi o‘rtadagi biror (OO1) qatlamning uzunligi esa o‘zgarmaydi u faqat salgina egiladi. Sterjen erkin uchining siljishi λ - egilish strelasi deyiladi. Yuk qancha katta bo‘lsa, egilish strelasi ham shuncha katta bo‘ladi, bundan tashqari egilish sterjenning shakli va o‘lchamlariga hamda uning elastiklik moduliga bog’liq bo‘ladi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, ikkala uchi qattiq tayanchlar ustiga erkin qo‘yilgan to‘g’ri to‘rtburchak kesimli sterjenning elastiklik moduli ga (1) teng ekan, bunda P = mg - sterjenning o‘rtasiga qo‘yilgan yukning og’irligi, L - sterjenning tayanchlarga qo‘yilgan nuqtalari orasidagi masofa, b - sterjenning qalinligi, a - sterjenning eni, λ – materialning (sterjenning) egilishi (1) formulaga kirgan kattaliklarni bevosita tajribada o‘lchab, elastiklik modulini hisoblab topish mumkin. Bu maqsadda tuzilishi rasmda keltirilgan qurilmadan foydalanamiz. Qurilma ikki uchida vertikal ustuni bo‘lgan SS' massiv taglikdan iborat bo‘lib, ustunlarning ustiga qirralarini parallel qilib po‘lat prizmalar qo‘yilgan. Tekshirilayotgan materialdan yasalgan sterjen’ ustunlar ustidagi prizmalarga shunday qo‘yiladiki, uning o‘rtasi A va V nuqtalar orasidagi masofaning o‘rtasiga to‘g’ri kelsin. S nuqtada sterjenning λ egilish strelasi tik ustunlarni birlashtiruvchi N gorizontal sterjenga o‘rnatilgan M uzayish indikatori yordamida o‘lchanadi. Indikatorni K vintni bo‘shatib, tik yo‘nalishda siljitish mumkin. Indikatorning strelkasi doiraviy shkala sirtida siljish imkoniga ega. Doiraviy shkaladagi bo‘limlarning soni 100 ta bo‘lib har bir bo‘limning qiymati 0,01 mm ga teng. Binobarin, sterjen yuk ta’sirida egilganda indikator strelkasi shkala bo‘yicha bir marta to‘la aylansa λ egilish strelkasi 1 mm ga teng bo‘ladi. Download 158.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling