Tuple larni qo’shish
Ikki yoki undan ortiq tuple larni o’zaro qo’shish uchun “+” operatori kifoya:
a = ("kitob", "daftar", "ruchka")
b = ("qalam", "qog'oz")
c = a + b print(c)
count() va index()
count() funksiyasi belgilangan qiymatga teng elementlar sonini aniqlaydi.
index() funksiyasi belgilangan elementning indeksini aniqlaydi. Agar bunday elementlar bir nechta bo’lsa, faqat birinchisining indeksini aniqlaydi.
Hozir kortejda nechta 3 soni borligi va uning indeksini aniqlaymiz:
toq_son = (1, 3, 5, 3, 3, 7) x = toq_son.count(3) print(x)
y = toq_son.index(3) print(y)
3
1
SET (TO’PLAM)
Pythonda to’plamlar bilan ishlash uchun maxsus set deb nomlanuvchi ro’yxat turi mavjud. Pythondagi to`plam- tasodifiy tartibda va takrorlanmaydigan elementlardan tashkil topgan “konteyner” deyiladi. To’plam elementlari tartiblanmagan va indekslanmagan tarzda bo’ladi. To’plamni hosil qilish uchun maxsus qavslardan foydalaniladi. Yoki set() konstruktori ishlatiladi:
toq_son = {1, 3, 5, 7, 9} print(toq_son)
juft_son = set((2, 4, 6)) print(juft_son)
len(s) - to`plamdagi elementlar soni(to`plam hajmi).
x in s - ‘x’ ‘s’ to`plamga tegishli bo`ladimi yo`qmi shuni tekshiradi
set.isdisjoint(other) -agarda set va other umumiy elementlarga ega bo`lmasalar rost qiymat qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |