2 – laboratoriya mashg’uloti: O’simliklar tarkibidagi efir moyini sirt faol moddalar ishtirokida gidrodistillyatsiya usulidi ajratish
Download 15.95 Kb.
|
2 laboratoriya O‘simlik tarkibidagi efir moyini sirt faol moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osimlik xomashyosidan askorbin kislotaning ekstraktini tayyolash Kerakli xomashyo va reaktivlar
- 1-tajriba. C vitaminga xos sifat reaksiyalar 1. C vitaminga qizil qon tuzi ishtirokida sifat reaksiya.
- Kerakli reaktivlar
- . C vitaminining metilen ko’ki bilan sifat reaksiyasi.
2 – laboratoriya mashg’uloti: O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYINI SIRT FAOL MODDALAR ISHTIROKIDA GIDRODISTILLYATSIYA USULIDI AJRATISH Kerakli asbob va reaktivlar: 1000 ml hajmli yumaloq tubli kolbalar, distillangan suv, 0,2–0,3% li anionli sirt faol moddalar (alkilsulfatlar, alkilsulfonatlar, alkilarilsulfonatlar) eritmasi, sharikli sovutgich, Ginzberg asbobchasi, o’simlik namunasi. Efir moylarining ekstraktsiya jarayonini jadallashtirish va mahsulot unumini oshirish maqsadida turli usullar qo’llaniladi. Jumladan, siqilgan gazlar (CO2), ultratovush, IQ- nurlar ishtirokidagi ekstraktsiyalash usullari yaratilgan. Ammo, bu usullarning bir qator kamchiliklari mavjud. Efir moylarini sirt faol moddalar (SFM) ishtirokida ekstraktsiyalash usuli eng samarali va kamchiliklardan xoli hisoblanadi. Ayniqsa ekstraktsiya jarayonida anionli SFM larni qo’llash yaxshi samara beradi. I SH N I N G B O R I SH I Hajmi 1000 ml bo’lgan ikkita yumaloq tubli kolbaga 30 g dan o’simlik xom-ashyosi solinadi va ularning biriga 300 ml distillangan suv, ikkinchisiga esa 300 ml 0,2 - 0,3% li anionli sirt faol modda (alkilsulfatlar, alkilsulfonatlar, alkilarilsulfonatlar) eritmasi solindi. Har ikkala kolba Ginzberg asbobchasi bilan jihozlangan sharikli sovutgich bilan berkitiladi va qizdiriladi. Kolbalardagi Ginzberg asbobchalarida yig’ilayotgan efir moyining hajmi 25 – 30 minut davomida o’zgarmay qolgan paytida ekstraktsiya jarayoni to’xtatiladi va ketgan vaqt taqqoslanadi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokida ekstraktsiya jarayoni bir muncha vaqt oldin tugaydi. So’ngra kolbalar sovutilib, Ginzberg asbobchalaridagi efir moylari suvdan ajratiladi va analitik tarozida massalari o’lchanadi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokidagi ajratib olingan efir moyining miqdori suv ishtirokida olingan efir moyining miqdoridan ko’proq bo’ladi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokida olib borilgan ekstraksiyaning unumi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Bunda: - efir moyining sirt faol modda ishtirokida ekstraksiyasining toza suv ishtirokida ekstraksiyasiga nisbatan unumi; a – sirt faol modda ishtirokida olingan efir moyi massasi, v – suv ishtirokida olingan efir moyining massasi. Osimlik xomashyosidan askorbin kislotaning ekstraktini tayyolash Kerakli xomashyo va reaktivlar: quritilgan na’matak mevasi, kartoshka, karam, 2% li HCI eritmasi, distillangan suv. Kerakli jihozlar: analitik tarozi, chinni hovoncha, maydalangan shisha kukuni, shisha tayoqcha, skalpel, 3,5 va 10 ml li pipetkalar, filtr qog’oz, voronkalar, 25 va 50 ml li kolbalar stakanlar. Ishning borishi: Aniq o’lchab olingan o’simlik materiallaridan biri (na’matakning quritilgan mevasi 1 g, karam 5 g, kartoshka 5 g) chinni hovonchada shisha kukunlari yordamida yaxshilab eziladi va xlorid kislotaning 2 % li eritmasidan 5 ml qo’shib yana davom etteriladi. Keyin aralashmani ehtiyotlik bilan voronka yordamida 25 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Chinni hovoncha distillangan suv yordamida yuviladi va u ham kolbaga quyiladi. Kolbadagi aralashmaning ustiga o’lchov chizig’igacha distillangan suv qo’shiladi. 5-10 minut o’tgach kolbadagi aralashma yaxshilab chayqatilib, qog’oz filtr yordamida filtrlab olinadi. Filtrat, ya’ni olingan ekstrakt C vitaminini aniqlashda ishlatiladi. Kartoshkadan olingan ekstrakt filtrlanmaydi. 1-tajriba. C vitaminga xos sifat reaksiyalar 1. C vitaminga qizil qon tuzi ishtirokida sifat reaksiya. Reaksiya askorbin kislotasining ishqoriy muhitda qizil qon tuzini qaytarish va buning natijasida hosil bo’lgan sariq qon tuzining kislotali muhitda temir (III) xlorid bilan suvda yomon eruvchi berlin zangorisi (ko’ki) hosil qilishiga asoslangan: Kerakli reaktivlar: na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, qizil qon tuzining 5% li eritmasi, temir (III) xloridning 1% li eritmasi, distillangan suv. Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar. Ishning borishi: Probirkaga 10 tomchi na’matak ekstraktidan olinib, 2 tomchi 10% li natriy gidroksid, 2 tomchi 5% li qizil qon tuzidan qo’shib aralashtiriladi.Hosil qilingan aralashmaga 6 tomchi 10% li xlorid kislota eritmasidan tomizilganda berlin zangorisining ko’k rangli cho’kmasi tushadi. Taqqoslash uchun shu reaksiya na’matak ekstrakti o’rnida distillangan suv bilan o’tkazilsa, berlin zangorisining ko’k rangli cho’kmasi hosil bo’lishi kuzatilmaydi. 2. C vitaminining metilen ko’ki bilan sifat reaksiyasi.Reaksiya askorbin kislotasining oksidlanishi davomida metilen ko’kining rangsiz (leyko) shakliga qaytarilishiga asoslangan: Kerakli reaktivlar: na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, distillangan suv, metilen ko’kining 0,01% li eritmasi, natriy bikarbonatning 10% li eritmasi. Kerakli jihozlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar. Ishning borishi: Probirkaga metilen ko’kining 0,01% li eritmasidan 2 tomchi, natriy bikarbonatning 10% li eritmasidan 2 tomchi va na’matak ekstraktidan 10 tomchi solib qizdirilganda suyuqlik rangsizlanadi. Nazorat uchun shu reaksiya na’matak ekstrakti o’rniga distillangan suv olinib tajriba takrorlanganda suyuqlik rangining o’zgarishi kuzatilmaydi. Download 15.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling