2 -ma’ruza. (6 soat) Mantiqiy elementlar. Invertorlar, takrorlagich va buferlar, va, va- emas, YoKI, Yoki- emas mantiqiy elementlari, Yoki ni inkori mantiqiy elementi, murakkab mantiqiy elementlar
Download 306.34 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2 -Ma\'ruza... (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Mantiqiy elementlar
2 -Ma’ruza. (6 soat) Mantiqiy elementlar. Invertorlar, takrorlagich va buferlar, VA, VA- EMAS, YoKI, YoKI- EMAS mantiqiy elementlari, YoKI ni INKORI mantiqiy elementi, murakkab mantiqiy elementlar Reja: 1. Asosiy mantiqiy elementlar. 2. Mantiqiy element tizimlari. 3. Bazaviy integral element sxemalar. Tayanch iboralar: mantiqiy element, invertor, kon’yunktor, diz’yunktor, mantiqiy elementlar tizimi, birlashish koeffitsienti, tarmoqlanish koeffitsienti, xalaqitga bardoshlik, tranzistor-tranzistor mantiq ( ), emitter bog’lanishli mantiq ( ). 1. Ikkili o’zgaruvchilar ustida elementar mantiqiy amallar mantiqiy elementlar deb ataluvchi sxemalarda amalga oshiriladi.Axborotni qayta ishlash, raqamli aloqa va avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili bir necha bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun ―VA‖,‖EMAS‖,‖YOKI‖ mantiqiy elementlari, shuningdek, triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda mantiqiy operasiyalarni bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar tarkibiy tuzilishi hamda yasash texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, signalning kechikish vaqti, ishchi harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va chiqishdagi yuklama qobiliyati bilan ham bir-biridan farq qiladi. Mantiqiy elementlar — raqamli shaklda axborotni qayta ishlash uchun moʻljallangan qurilmalar (yuqori — „1“ va past — „0“ darajali signal ketma-ketligi ikkilik mantiqda, „0“, „1“ va „2“ ketma-ketliklari uchlik mantiqda, „0“ ketma-ketligi ", „1“, „2“, „3“, „4“, „5“, „6“, „7“, „8“ va „9“ oʻnli kasrda ). Fizik jihatdan mantiqiy elementlar mexanik, elektromexanik (elektromagnit relelarda), elektron (xususan, diodlar yoki tranzistorlarda ), pnevmatik, gidravlik, optik va boshqalar boʻlishi mumkin. Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х 1 , х 2 , х 3 , … х n mantiqiy o’zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar mantiqiy o’zgaruvchilar soni n bo’lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2 n ta kombinatsiya hosilqilish mumkin. n o’zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy amal yordamida hosil qilish mumkin: - mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o’zgaruvchi ustiga “–” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi;- mantiqiy qo’shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi;- mantiqiy ko’paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi. Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo’yiladi. Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo’lishlari mumkin: algebraik, jadval, so’z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiyfunksiyalarni berish uchun mumkin bo’lgan argumentlar majmuidan talab qilinayotganmantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi. Download 306.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling