2 -ma’ruza. (6 soat) Mantiqiy elementlar. Invertorlar, takrorlagich va buferlar, va, va- emas, YoKI, Yoki- emas mantiqiy elementlari, Yoki ni inkori mantiqiy elementi, murakkab mantiqiy elementlar


Download 306.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi306.34 Kb.
#1796998
  1   2
Bog'liq
2 -Ma\'ruza... (1)



2
-Ma’ruza. (6 soat) 
Mantiqiy elementlar. Invertorlar, takrorlagich va buferlar, VA, VA-
EMAS, YoKI, YoKI- EMAS mantiqiy elementlari, YoKI ni INKORI mantiqiy 
elementi, murakkab mantiqiy elementlar 
Reja:
1. 
Asosiy mantiqiy elementlar.
2. 
Mantiqiy element tizimlari.
3. 
Bazaviy integral element sxemalar.
Tayanch iboralar: mantiqiy element, invertor, kon’yunktor, diz’yunktor, 
mantiqiy elementlar tizimi, birlashish koeffitsienti, tarmoqlanish koeffitsienti
xalaqitga bardoshlik, tranzistor-tranzistor mantiq ( ), emitter bog’lanishli mantiq 
 ( ).
1. Ikkili o’zgaruvchilar ustida elementar mantiqiy amallar mantiqiy 
elementlar deb ataluvchi sxemalarda amalga oshiriladi.Axborotni qayta ishlash, 
raqamli aloqa va avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlash tamoyili bir necha 
bazaviy operasiyalarning takrorlanishi yokiularning kombinasiyalariga asoslangan 
bo‟ladi. Buni amalga oshirish uchun ―VA‖,‖EMAS‖,‖YOKI‖ mantiqiy elementlari, 
shuningdek, triggerlardan foydalaniladi. Mantiqiy element (ME) deb eng sodda 
mantiqiy operasiyalarni bajaruvchi elektron qurilmaga aytiladi. Mantiqiy elementlar 
tarkibiy tuzilishi hamda yasash texnologiyasiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga 
ular asosiy parametrlari: qayta ulanish tezligi, signalning kechikish vaqti, ishchi 
harorat oralig‟i, kirishni birlashtirish koeffisiyenti va chiqishdagi yuklama qobiliyati 
bilan ham bir-biridan farq qiladi. 
Mantiqiy elementlar — raqamli shaklda axborotni qayta ishlash uchun 
moʻljallangan qurilmalar (yuqori — „1“ va past — „0“ darajali signal ketma-ketligi 
ikkilik mantiqda, „0“, „1“ va „2“ ketma-ketliklari uchlik mantiqda, „0“ ketma-ketligi 
", „1“, „2“, „3“, „4“, „5“, „6“, „7“, „8“ va „9“ oʻnli 
kasrda
). Fizik jihatdan mantiqiy 
elementlar mexanik, elektromexanik (elektromagnit relelarda), elektron (xususan, 
diodlar
yoki 
tranzistorlarda
), pnevmatik, gidravlik, optik va boshqalar boʻlishi 
mumkin. 


Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va 
“yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta 
ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi 
ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus 
matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul 
– mantiqi deb ataladi. Uni irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.Umumiy holda, 
mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х
1
, х
2
, х
3
, … х
n
mantiqiy 
o’zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar mantiqiy 
o’zgaruvchilar soni n bo’lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2 n ta kombinatsiya 
hosilqilish mumkin. n o’zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini 
uchta asosiy amal yordamida hosil qilish mumkin: - mantiqiy inkor (inversiya, 
EMAS amali), mos o’zgaruvchi ustiga “–” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi;- 
mantiqiy qo’shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo’yish bilan amalga 
oshiriladi;- mantiqiy ko’paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo’yish 
bilan amalga oshiriladi. Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi 
qo’yiladi. Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega 
bo’lishlari mumkin: algebraik, jadval, so’z bilan va shartli grafik (sxemalarda). 
Mantiqiyfunksiyalarni berish uchun mumkin bo’lgan argumentlar majmuidan talab 
qilinayotganmantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini 
ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi. 

Download 306.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling