9
1. Yuklamalarning turlari
Hozirgi o`zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so`zlarga beradigan
qo`shimcha ma’nolariga ko`ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo`lish mumkin.
1. So`roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. So’roq va taajjub
yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. Bunday yuklamalar so’zlarga yoki gaplarga taalluqli
bo’lib, asosan gapni so’roqqa aylantiradi. Shuningdek, so’zga yoki gapga turli
emotsional ma’no ottenkalari qo’shadi.
-mi yuklamasi so`roq, taajjub, hayrat kabi ma’nolari bildiradi. Masalan: -
Kelinning suluvligi Marg`ilonda ma’lum ekanmi? (A.Qodiriy) Men dalada
ishlashish kerakmishmi? (O.) -mi yuklamasi: 1) So’roq bildiradi: Nimadan
qo’rqding, yomon tush ko’rdingmi. 2) Tаajjub, hayrat bildiradi (bunday paytda
so’roq ma’nosi ham anglashilib turadi): Men dalada ishlashim kerakmishmi?
-chi yuklamasi so`roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta’kid
ma’nolarini bildiradi. - Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy) - O`g`ling qaytsin-chi,
bo`lmasa... (A.Qod.) - Loaqal bir og`iz o`g`lingizga aytib o`tishga va’da bering-chi,
-dedi (A.Qod.) - O`rtoqjon, bir narsa desang-chi. (Cho`lpon). -chi yuklamasi: 1)
so’roq bildiradi: Jamol qaytsa-baxting, qaytmasa-chi?; 2) buyruq, do’q, iltimos,
xohish bildiradi (bunday paytda -chi ko’pincha buyruq maylidagi fe’llar bilan birga
keladi): qani, o’qi-chi (buyruq), kelib ko’r-chi, yonimga (do’q); qalamingni berib
tur-chi (iltimos); Avval bu kitobni o’qib chiqay-chi, nimalar yozilgan ekan (xohish):
Misollar: Obi non bilan mana buni yeb ol-chi, bolam, hozir choy damlab beraman.
Voy, mana tomdi, iliq-miliq, qo’lingni olib kel-chi!; 3)
qistash
, istak
, iltimos
anglatadi (bunday paytda -chi ko’pincha shart maylidagi fe’llar bilan birga keladi):
tez yursang-chi (qistash), yaxshisi, kitob o’qisam-chi (istak), biznikiga bir kelsang-
chi (iltimos).
-a (-ya) yuklamalari so`roq, taajjub, hayratlanish ma’nolarini bildiradi. Bu gap
oramizda qolsin-a! (T.Malik) Gulnorni sevishimni bilardi-ya (O.) - Qizim, bugun
mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolmasinmi! (A.Qod.)
-a(-ya) yuklamasi: 1) so’roq bildiradi:
Shahar juda ham o’zgarib kеtibdi-da, a?
Butun boshli bir mamlakatni-ya? 2) his va hayajon anglatadi:
Ah, qanday so’lim
10
kеcha-ya!; 3) tasdiq, ishonch ifodalaydi: Patirlarni kursillatib-kursillatib o’zim
yеyman - nuqul moy-a.; 4) taajjub, ajablanishni bildiradi:
Mеn dalada ishlashim
kеrakmishmi?-Mеn-a.
Do'stlaringiz bilan baham: