2- ma’ruza: Bog’lovchi va yuklamalar. Ularning grammatik xususiyatlari. Bog’lovchi, yuklamalarning qo’llanishiga ko’ra turlari. Grammatik ma’no va vazifasiga ko’ra bog’lovchi, yuklamalarning turlari


Bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar


Download 453.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana05.01.2022
Hajmi453.18 Kb.
#215030
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
2-maruza 4c66930d9206a787a01cfe60b9eddcf0

Bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar 

Boshqa so`z turkumiga  oid   ba’zi so`zlar ham bog`lovchi o`rnida qo`llanadi:     



bilandeb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da. 

Masalan:  Umrim shirin o`tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi 



bilan onam choy ichib, gaplashib o`tirishibdi (O.)   

Yuklama 

Ayrim  so`z  yoki  gapga  qo`shimcha  ma’no  berish  uchun  qo`llanadigan 

yordamchi so`zlar yuklamalar  deb ataladi.  Masalan:  Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm 

bilan  hosil  bo`ladi.  (M.Hasaniy). Quyosh  ham  atayin  nurlarini  to`kib,  mag`rur 

ko`tarildi. (O.) 

YUklamalar  tuzilishiga  ko`ra ikki  xil:  a) qo`shimcha holatdagi  yuklamalar:  -

mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina,  -qina), -ku; b) so`z holatidagi 

yuklamalar:  axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To`ydan faqat Anor xabardor 

(H.O.) Eshik  «g`irch  etib  ochildi-da,  ruxsat so`rab ukasi  Darvishali  kirdi.  (O.) Bir 

vaqi G`iyosiddin Kichkina,  xudi shu erda, daricha ostida o`tirib, uni erkalatmasmidi. 

Yuklamalar:   nutqdagi  biror so`zni  ajratib  ko`rsatish  uchun qo`llanadi:  Elеktr 

ko`zgagina emas, qo`lga ham yordam bеrsin. gapga  so`roq ma'nosi  bеrish  uchun 

qo`llanadi:  Shu ashula sizga yoqadimi? -  so`raydi  yigit. -  Ha, Sizga-chi?; His  va 

hayajonni  ifodalash uchun ishlatiladi:  Naqadar go’zal bir gul-a!;  taajjubni  ifodalash 

uchun  qo’llanadi:  Bolaga  o’xshaydi-ya.;    ta’kid  va  kuchaytiruv  ma’nolarini 

ifodalash  uchun  ishlatiladi:  Axir,  har tup g’o’za - xalq boyligi, davlatning boyligi. 

Shuningdek, yuklamalar  tasdiq, inkor, chegaralov, qistash kabi ma’nolarni  ifodalash 

uchun va nutqqa tasviriylik  berish uchun ham ishlatiladi. 


Download 453.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling