2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja
4.6– rasm. PEYOP ning elektr ta’minoti bosh zanjirining sxemasi Bunda pech transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amidan elektrod-largacha bo‘lgan o‘tkazgichlar qisqa tarmoqni tashkil etadi. 4.6 -rasmda keltirilgan belgilanishlar, bular, 1 - yuqori kuchlanish shinalari; 2 - raz’edinitel (ajratgich); 3 – vыklyuchatellar(ulab-uzgichlar); 4 - reaktor; 5 - pech transformatori (kuchlanishi 6,10,35 kV va quvvati katta pechlar uchun 110 kV ); 6 - qisqa tarmoq (tok qiymati 110 kA va undan yuqori); 7 - PEYOP. PEYOP ga, jumladan uning elektr ta’minoti tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi: - pech quvvatini ravon boshqarish imkoniyati; - pech sig‘imida tiklanuvchi muxitni hosil qilish imkoniyati; - pech elektr jihozlarining pechda tez-tez takrorlanuvchan ekspluata-sion qisqa tutashuvlarini tez va aniq bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lish kabilardir. PEYOP larining asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi misolda ko‘ramiz: - pechni tipi - DS - 0.5 ...... DSP- 200 - nominal quvvati - 400 .......……… 45000 [kv.A] - birlamchi kuchlanish - 6;10 .......…….. 35 [kV] - ikkilamchi kuchlanishni rostlash chegarasi - 213-110 ......…... 591,5 - 164,1[V] - ikkilamchi chulamdagi tok - 1,085 ...………… 43.9 [kA] - elektr energiyasining solishtirma sarfi - 650 ................. 400 [kvt.soat/t] Po‘Lat erituvchi yoy pechlari (Peyop) Pechdan, xususan elektrodlar zanjiridan oqayotgan tok kuchining miqdoriga ko‘ra PEYOP larini quyidagi ish rejimlarida ishlaydi deb yuritiladi: a) salt yurish rejimi (elektr yoyi mavjud emas,I = 0) b) normal (nominal) ish rejimi (I = Inom); v) eksplutatsion qisqa tutashuv rejimi (I = Iq.t.). Pechning to‘la quvvati R to‘la , yoyda sarf bo‘layotgan quvvati R yoy , yo‘qolayotgan ( bexuda sarf bo‘layotgan) elektr quvvati R el.y. , yo‘qolayotgan issiqlik quvvati R iss.y , pechning foydali ish koeffitsienti va pechning quvvat koeffitsienti cos kabi kattaliklari bilan pechp toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari PEYOP larning energetik xarakteristikalari deb yuritiladi (ya’ni energetik xarakteristikalarni ifodalovchi bog‘lanishlar - R to‘la = f(I); R yoy = f(I); R .el.y = f(I); R iss..y . = f(I); = f(I); va sos = f (I) lardir). PEYOP tomonidan sarf bo‘layotgan elektr energiyasi N, pechning ishlab chiqaruvchanligi q, pechning to‘la foydali ish koeffitsienti p va 1 tonna ma’sulotni eritish uchun ketgan vaqt t kabi kattaliklar bilan pechp toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling