2- ma’ruza mavzu: mexanik usulda tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash. Reja


Download 67.83 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi67.83 Kb.
#1396203
1   2   3   4
Bog'liq
2- ma’ruza mavzu mexanikga t

Muzlashdan himoya qilish. Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo‘lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun erning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo‘llaniladi.
Haydash, yumshatish va bronalash tog‘ jinsi sirtida hosil qilingan havo bilan to‘ldirilgan bo‘shliq hisobiga issiqlik o‘tkazuvchanlikni ma’lum darajada pasaytiradi.
Xaydash va yumshatish maxsus plug va yumshatgich yordamida o‘tiladi. Bunda xaydash chuqurligi 40-50 sm, boronalash chuqurligi esa 20 sm ni tashkil etadi.
Er sirtini muzlashdan himoya qilish uchun teploizolyasion material sifatida mox, yog‘och qirindisi, mineral vatalar qo‘llaniladi
Muzlagan tog‘ jinsini eritish. Tog‘ jinslarini eritish par, suv, chuqur yoki yuzaviy elektrisitgich elektrodlar va yuzani kuydirish yordamida amalga oshiriladi. CHuqur elektrisitgichda elektrodlar bir-biridan 0,5–0,7 m masofada bo‘lgan shpurlarga muzlash chuqurligigacha joylashtiriladi. Elektr zanjiri erigan tog‘ jinsida qisqa tutashuv hosil qiladi va uning erish jarayoni pastdan yuqoriga qarab hosil bo‘ladi. Eritishga ketgan elektr energiya sarfi 1 m3 tog‘ jinsiga 8-10 kvt s ni tashkil etadi.
YUzaviy elektr isitgichda elektrod metal setka ko‘rinishida eritiladigan uchastka yuzasiga yotqiziladi. Elektr ta’minoti yuqori chastotali generator orqali amalga oshiriladi. Par bilan eritish havo harorati 0 dan past bo‘lib, bu holat uzoq davom etadigan iqlim sharoitlarida muzlagan tog‘ jinslarida qo‘llaniladi. Par bilan eritishda ichki diametri 19-22 mm, uzunligi 1,5-3 m bo‘lgan po‘lat trubalar qo‘llaniladi. Bu trubalar shpurlarga joylashtiriladi (shpurlar orasidagi masofa 2-2,5m) yoki skvajinalar burg‘ulanib, bu skvajinalarga par yuboriladi yoki boshqa isituvchi materiallar joylashtiriladi. Eritish davomiyligi 4-6 soatda 24-27 kg parni sarflab 1m3 tog‘ jinsini eritish mumkin.
YUza qismini kuydirish yordamida eritish muzlagan tog‘ jinsi yuzasida ko‘mir qatlami, torf yoki o‘tin yoqish orqali amalga oshiriladi. 1m3 tog‘ jinsini eritish uchun yoqilgi sarfi: 30-60 kg ko‘mir, 120-140 kg torf va 0,14-0,17 m3 o‘tin sarflanadi.
Gidravlik usul. Tog‘ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog‘ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jo‘natishga asoslangan. SHag‘al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qo‘llaniladi.
Bulardan tashqari burg‘ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg‘ulash va tog‘ jinslarini kesishda (qirqishda) ultratovushlarni qo‘llash, portlatib burg‘ulash, plazmali burg‘ulash turlari ham mavjuddir.

Download 67.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling