Yoqimsiz hid, achchiq ta’m, shilliq qavatni yemiruvchi va tishlarni zararlovchi moddalar kapsulalarda ishlab chiqariladi. Kapsulalar qobiqda – in oblatis, kraxmalli kapsulalarda – in capsulis amylaceis va jelatinli kapsulalarda – in capsulis gelatinosis bo‘ladi. - Yoqimsiz hid, achchiq ta’m, shilliq qavatni yemiruvchi va tishlarni zararlovchi moddalar kapsulalarda ishlab chiqariladi. Kapsulalar qobiqda – in oblatis, kraxmalli kapsulalarda – in capsulis amylaceis va jelatinli kapsulalarda – in capsulis gelatinosis bo‘ladi.
- Jelatinli kapsulalar hayvon kleyi, suv va glitserindan tayyorlanmoqda. Jelatinli kapsulalar yumshoq (capsulae molles) yoki elastik (capsulae elasticae) va qattiq (capsulae durae) yoki qopqopchali (capsulae operculatae) turlariga bo‘linadi.
- Teri ostiga mahkamlanadigan kapsulaar –paletlar (pelettae), butilka shaklidagi kapsulalar –tubatinlar (tubatīnae)deb nomlanadi.
- Kapsulalar retseptda yozilganda kapsulaning turi Subscriptio qismida ko‘rsatiladi.
- Rp.: Olei jecŏris Aselli 5 ml
- Da tales doses numĕro 30 in capsŭlis gelaninōsis elastĭcis
- Signa: 3 kapsuladan kuniga 2 mahal.
- Rp.: Vinylīni 1,4
- Da tales doses numĕro 60 in capsŭlis gelatinōsis
- Signa: 3 – 5 kapsuladan kuniga 1 mahal.
QATTIQ DORI SHAKLLARI. KAPSULALAR
(FORMAE MEDICAMENTŌRUM DURAE. CAPSULAE)
Tabletkalar ichga va tashqariga qo‘llash uchun dozalangan qattiq dori shaklidir. - Tabletkalar ichga va tashqariga qo‘llash uchun dozalangan qattiq dori shaklidir.
- Tabletkalar yassi, aylana, ikki do‘mboqli, tuxumsimon yoki boshqa plastinka shaklida bo‘ladi. Agar ularning tarkibida zaharli moddalar bo‘lsa, tabletkalar sulyamli –qizil rangda, boshqalari ko‘k rangda ranglanadi.
- Agar dori moddasi juda kam miqdorda bo‘lsa, tabletka tarkibida ko‘proq to‘ldiruvchi moddalar: shakar, glyukoza, Natriy gidrokarbonat, Kalsiy fosfat va boshqalar qo‘shiladi.
- Tabletkalar preslangan tabletkalar (tabulettae compressae), shakl berilgan tabletkalar (tabulettae friabĭles) va qoplamali tabletkalar (tabulettae obductae) turlariga bo‘linadi.
- Tabletkalarda qoplama vazifasini shakar, sut shakari, dekstrin, kraxmal va boshqalar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |