2- mavzu Avtomobil benzinlari


Download 63.71 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi63.71 Kb.
#1145528
1   2   3
Bog'liq
ashyo2-m

Y

2. 2- rasm. Pinkevich viskozimetri.
onilg‘ining zichligi
deganda, hajm birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i massa- si tushuniladi. Avtomobil benzinlarining zichligi 690-810 kg/m3 oralig‘ida bo‘ladi.
Yonilg‘i zachligi haroratning o‘zgarishi ta’sirida kam o‘zgaradi. Havo harorati har 10° ga pasayganida, yonilg‘ining zichligi faqat 1 foizga ortadi (2. 2- rasm).
Yonilg‘ining qovushoqligi (yopish- qoqlik, ichki ishqalanish) suyuqliklarning ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi xossadir. Qovushoqlik, asosan, harorat va yonilg‘i tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘ining qovushoqligiga ko‘ra absolut (dinamik va kinematik) va shartli qovushoqlik tu- shunchalari ishlatiladi. Yonilg‘ining qovu­shoqligi maxsus asboblar - viskozimetrlar ordamida aniqlanadi.
Dinamik qovushoqlik deganda suyuqlikning ichki ishqala- nish koeffitsiyenti tushuniladi. Dinamik qovushoqlik birligi sifa- tida bir-biridan 1 m masofada joylashgan 1 m2 o‘lchamdagi o‘zaro parallel ikki qatlamli 1 N ga teng kuch ta’siri ostida 1 m/s tezlik bilan o‘zaro harakatini ta’minlovchi qovushoqlik qabul qilingan. 0‘lchov birligi sifatida Pa • s/N • s/m2/kg/(m • s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlik suyuqlik ichki ishqalanishining so- lishtirma koeffitsiyentidir. Davlat standartlarida aksariyat neft mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlik­ning kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zich- ligining nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida 1 m2/s (10 - 6 m2/s = 1 mm2/s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlikni aniqlashda turli xil viskozimetrlar- dan, ayniqsa, Pinkevich viskozimetrlaridan (2. 2- rasm) keng foy- dalaniladi. Bu turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni aniqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Tajriba o‘tkazisdan oldin viskozimetr benzin yordamida yax- shilab tozalanadi. So‘ngra asbob havoda quritiladi. Tekshirilayotgan neft mahsuloti qog‘oz filtrlar yordamida tozalab olinadi. Tozalan- gan neft mahsuloti o‘lchash menzurkasiga quyiladi. Neft mahsuloti quyiladigan idishga qovushoqlikni o‘lchash abobi joylashtiriladi. Asbobning chiqarish teshigi 5 ga rezina shlang kiritiladi, tirsakka tiqin 6 tiqilib, asbob neft mahsuloti quyilgan idishga to‘nkariladi va teshik 5 orqali mahsulot uning Вbelgisigacha tortib to‘ldiriladi. So‘ngra asbob neft mahsuloti to‘ldirilgan idishdan chiqarib olinadi. Tirsakdan esa tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr shtativga o‘rntilib, suyuqlik to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi (2. 3- rasm). Shlang chiqarish teshigi 5 dan olinib, trubka 3 ga kiydiriladi. Idishdagi suyuqlik standartda ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va bu haroratda neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa turishi lozim. So‘ngra shlang 8 orqali asbobning yuqorigi sharsi- mon kengayishining 1/3 qismigacha neft mahsuloti so‘rib olinadi va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti naycha 4 orqali qaytib oqishniboshlab A belgisiga yetganida (ikki kengayishlar oralig‘ida), sekundomer ishga tushiriladi va В belgisiga yetganida to‘xtatiladi, o‘tgan vaqt qayd etiladi. Shu tariqa tajriba besh marta takrorla- nadi hamda o‘rtacha vaqt aniqlab olinadi. 0‘rtacha arifmetik qiy- matga asoslanib, kinematik qo­vushoqlik quyidagi formula yor­damida aniqlanadi:
b


Download 63.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling