2- mavzu Avtomobil benzinlari


Download 63.71 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi63.71 Kb.
#1145528
  1   2   3
Bog'liq
ashyo2-m


2- Mavzu Avtomobil benzinlari
Reja

  1. Avtomobil benzinlariga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar

  2. Avtomobil benzinini neftndan ajratish

  3. Avtomobil benzinlarining zichligi, qovushoqligi

.Avtomobil benzinlariga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablarIchki yonuv dvigatellarida yonuvchi aralashma yonganida, uning kimyoviy energiyasi dastlab issiqlik energiyasiga, keyin esa mexanik ishga aylanadi. Porshenli dvigatellarda issiqlik energiya- sining 20-42 foizi foydali ishga aylanadi. Jumladan, karburatorli dvigatellarda 24-30 foiz, dizel dvigatellarda 28-42 foiz va gazsi­mon yonilg‘ida ishlaydigan dvigatellarda 23-28 foiz. Issiqlikning qolgan qismi befoyda sarflanadi. Ish bajargan gazlar issiq holda at- mosferaga chiqarib yuboriladi va issiqlikning bir qismini (taxminan 33 foizini) o‘zi bilan olib ketadi. Dvigatel ishlayotganida detallar qiziydi, bu detallar suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi, bunda ham ko‘p miqdordagi energiya (taxminan 29 foiz) befoyda sarflanadi. Gazlarni kiritish va siqishga, silindr-porshenli guruh, tirsakli val podshipniklari va boshqa detallardagi ishqalanishni yengishga ham anchagina (7-13 foiz) energiya sarflanadi (2. 1- rasm).


Karburatorli va injektori yonilg‘i sifatida, odatda, benzin ishla- tiladi. Avtomobil benzini deganda, qaynash harorati, odatda, 40°C dan 200°C gacha bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasi tushuniladi. Benzin tez bug‘lanadigan suyuq yonilg‘i bo‘lib, neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash yo‘li bilan va kreking usulida olinadi.
Benzin tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 85 foiz uglerod, 15 foiz vodorod va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi tiniq, kam qovushoq, rangsiz yoki rangli suyuqlik bo‘lib, o‘tkir hidga ega va normal sharoitlarda tez bug‘la- nadi. Barcha uglevodorodlar va ularning aralashmalari kabi suvdan yengil va suvda erimaydi, shuningdek, qoldiqsiz yoBenzin dvigatel silindrlarida me’yorda yonishi va dvigatel ko‘p quwat berishi uchun, u muayyan xossalarga ega bo‘lishi lozim.
amonaviy benzinli va tezyurar dizelli dvigatellar silindrlarida yonilg‘ining yonishi juda jadal sur’atlarda kechadi (yonilg‘ining yonishi uchun soniyaning mingdan bir ulushi miqdorida vaqt sarf­lanadi). Yonilg‘ining bu darajada tez yonishi ta’minlanishi uchun yonish jarayoni boshlanishidan oldin to‘la bug‘lanishi va, shu bilan birga, yonilg‘i bug‘lari havo bilan ma’lum nisbatlarda (1:15 nis- batdagi aralashma me’yoridagi aralashma hisoblanadi) yaxshi aral- ashishi (ishchi aralashma hosil qilish jarayoni) lozim. Karburatorli dvigatellarda ishchi aralashmadagi benzin miqdori ma’lum kesim va shaklli teshigi bo‘lgan jiklorlar yordamida rostlanadi. Qalqo- vuchli kameradan aralashtirish kamerasiga uzatiladigan benzin miqdori benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.

Download 63.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling