2 – mavzu: Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari
Download 26.4 Kb.
|
1-MA\'RUZA (1)
2 – mavzu: Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari.Reja: Kiber jinoyat Kiber jinoyat rivojlanish tarixining 1-davri Kiber jinoyat rivojlanish tarixining 2-davri Bugungi kunda, kiber jinoyatchilik muammosi global hamjamiyati miqyosida ko‘tarildi. BMT ekspertlari tavsiyalariga ko‘ra, "kiber jinoyat" termini kompyuter tizimi yoki tarmoq yordamida amalga oshirilgan, kompyuter tizimi yoki tarmoqqa qarshi sodir etish mumkin bo‘lgan har qanday jinoyatni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, kiber jinoyat elektron muhitda sodir etilgan har qanday jinoyat bo‘lishi mumkin. Kiber muhitda sodir etilgan jinoyat - kompyuter, kompyuter dasturiy taʼminoti, kompyuter tarmoqlari, kompyuter maʼlumotlarini ruxsatsiz o‘zgartirish, shuningdek kompyuter, tarmoq va dasturiy taʼminot orqali sodir etilgan boshqa noqonuniy hatti-harakatlar. Bugungi kunda kiber jinoyat - keng ko‘lamli muammo bo‘lib, viruslar pulni noqonuniy o‘zlashtirish maqsadida yoziladi. Bu muammolarni paydo bo‘lishiga asosiy sabab internetning rivojlanishi bo‘ldi. Kompaniyalar va individual foydalanuvchilar usiz hayotini tasavvur qila olmaydi, bundan tashqari moliyaviy operatsiyalar internet orqali amalga oshirilmoqda. Yevropa Konvensiyasi Kengashi maxfiyliq yaxlitligi va kompyuter maʼlumotlar va tizimlariga murojaat mavjudligi qarshi qaratilgan jinoyatlar sifatida to‘rt turdagi kompyuter jinoyatlari keltiradi: noqonuniy kirish - (kompyuter tizimi yoki uning bir qismidan noqonuniy foydalanish); noqonuniy o‘qish - (kompyuter tizimida uzatilayotgan maʼlumotlarni noqonuniy qasddan o‘qish); maʼlumotga aralashish - (kompyuter maʼlumotlarni noqonuniy o‘chirish, buzish, o‘zgartirish yoki zarar yetkazish); tizimga aralashish - (kompyuter tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga noqonuniy to‘sqinlik qilish). Kiber jinoyatchilik paydo bo‘lishini, YeHMlarning davri bilan bog‘lash mumkin. Kiber jinoyatlar tarixini 2 davrga ajratish mumkin: 1-davr YeHMlar yatilishidan boshlab 1990 yilga qadar, 2-davr 1990 yildan hozirgi vaqtga qadar. Nima uchun 1990? Gap shundaki, 1990 yildan boshlab internet katta tezlik bilan butun dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. 1960-1970 yillarda kompyuter tizimlariga asosan fizik zarar yetkazilgan. 1969 yil fevralda Kanadada talabalar to‘polonini bostirish uchun militsiya xodimlari chaqiriladi. Militsiya xodimlari yetib kelganda yong‘in boshlanib, universitet kompyuterlaridagi maʼlumotlarga shikast yetdi. Zarar 2 mln dollarga baholandi, 97 nafar aybdorlar qamoqqa olindi. 1972 yil Nyu-York da o‘tkir asbob bilan nomaʼlum kishi tomonidan Honeyvell kompyuterining magnit yadrosiga zarar yetkazildi. Zarar $589,000 ni tashkil etdi1. Kiber jinoyatchilik tarixini xakerlikning rivojlanishi bilan bog‘liq holda ko‘rish mumkin. Xaker- tajribali IT mutaxassis, kompyuter ishlash prinsipini chuqur tushunadi. 2 turdagi xakerlar mavjud «White hat» va «Black hat”. «White hat» - axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, ular qonunni buzmaydi. «Black hat» xakerlar esa kiber jinoyatchilar hisoblanadi. Quyidagi jadvalda xakerlik tarixining asosiy davrlari va ularning qisqacha tavsifi berilgan:
Butun dunyoda MasterCard va Visa bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlardan yetkazilgan zarar 1980 yildagi $110 mln dan 1995 yilda $1,63 mlrd ga yetdi. AQSH ga zararning asosiy qismi $875 mln to‘g‘ri keldi2. Kompyuter jinoyatlari rivojlanishining ikkinchi davri o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan boshlanadi, bu davrda yuqori tezlik bilan Internet tarqala boshlagan. Bu vaqtda shaxsiy kompyuterlar va Internetdan umumiy foydalanish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. 1995 yil dekabr oyida butun jahonda taxminan 16 million internet foydalanuvchilari ro‘yxatga olindi va 2002 yil may oyida bu ko‘rsatkich 580 millionga yetdi va jami yer aholisining deyarli 10 foizini tashkil etdi. Taʼkidlash lozimki butun dunyo bo‘ylab Internet tarqalishi, notekis edi, chunki Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yevropada Internet foydalanuvchilari umumiy sonining 95 foizdan ortig‘i joylashgan edi. 1990 yildan bugungi kunga qadar davrda xakerlik rivojlanish tarixi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Jamoatchilik uchun eng katta xavf kompyuter maʼlumotlarga noqonuniy murojaat bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘ladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, jinoyatning bu ko‘rinishi umumiy kompyuter jinoyatchiligining 85-90% tashkil etadi. Bundan tashqari, axborot resurslaridan noqonuniy foydalanishning 90% tasodifiy xarakterga ega. Ushbu maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, huquq-tartibot organlari xodimlari bunday ko‘rinishdagi jinoyatlarni tergov qilish va qanday qilib ularni sudda isbotlash mumkinligi haqida hech qanday tushunchaga ega emas. Shuning uchun sifatli tergov olib borish imkoni yo‘q, tergovni rejalashtirishning anʼanaviy usullari bu sharoitda ishlamaydi. Bundan tashqari tergovchilar oldidagi yana bir muammo kompyuter jinoyatchiligida jinoyat sodir etilganligini isbotlash. Bu shu bilan bog‘liqki, odatda kompyuter jinoyati uydan o‘tirib shaxsiy kompyuter orqali chegara bilmas kiber muhitda amalga oshiriladi. Bundan tashqari maʼlumotlarni ruxsatsiz ko‘chirish holati odatda nomaʼlumligicha qoladi, kompyuterga tushgan viruslarni xodimlarning ehtiyotsizligi bilan bog‘lanadi. Kompyuter tizimiga ruxsatsiz aralashgan holatlar haqida huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish o‘rniga, jabrlanuvchilar kompaniyaning obro‘sini o‘ylab bunday harakatga shoshilishmaydi. Odatda, kompyuter jinoyatlari jabrlanuvchilari lokal tarmoqlarni, serverlar va jismoniy shaxslarni tashkil etadi. Professional kompyuter jinoyatchilari jinoyatning obʼyekti sifatida yirik kompaniyalarning tarmoqlari va serverlarini tanlashadi, "havaskor" jinoyatchilar esa jismoniy shaxslar kompyuterlari va tekin internetdan foydalanish uchun Internet xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni tanlashadi. Bundan tashqari, jinoyat sodir etilganligini oshkor etishga kompyuter xavfsizligiga masʼul shaxslar manfaatdor emas. Kompyuter tizimlari xavfsizligi buzilganligini masʼul shaxslarning kasbiy malakasini shubhaga qo‘yishi uchun tan olmasligi, rahbariyat tomonidan kompyuter xavfsizligini taʼminlashga yo‘naltirilgan chora tadbirlarning etarli emasligi bir qator jiddiy muammolarni kelib chiqishiga zamin yaratadi. Bank nufuziga salbiy taʼsir ko‘rsatishi va mijozlar yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi uchun Bank xodimlari odatda, bank kompyuter tizimiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga urinadi. Odatda tashkilotlar ularning kompyuter tizimlari mavjud axborotning real qiymati haqida aniq tasavvurga ega emas. Odatda qiymat uni yaratishga ketgan sarf-xarajat yoki uning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. O‘g‘irlanadigan asosiy maʼlumotlarni ishlab chiqarish sirlari va rejalar, mijozlar ro‘yxati tashkil etadi. Ushbu maʼlumot uning egasi va uni o‘g‘irlovchi uchun turli darajadagi qiymatga ega. Axborotning qiymati uni yig‘ish xarajatlar, qayta ishlash va saqlash, shuningdeq bozor narxi asosida baholanadi. Download 26.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling