2- mavzu. Bolalarning matematik rivojlanishidagi modellashtirish usullari


Download 21.69 Kb.
bet1/3
Sana31.03.2023
Hajmi21.69 Kb.
#1312548
  1   2   3
Bog'liq
2 ma\'ruza


2- mavzu. Bolalarning matematik rivojlanishidagi modellashtirish usullari
Reja:

  1. Model va modellashtirish tushunchasi

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish

Model (lot. “Modulus” – o'lchov, me'yor) – biror ob'ekt yoki ob'ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli–globus, osmon va undagi yulduzlar modeli–planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Modellashtirish – bilish ob'ektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o'rganishdir. Modellashtirish uslublaridan hozirgi zamon fanlarida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni o'rganishning yagona vositasiga aylanadi.
Modellashtirish bosqichlari. Biror ob'ektni matematik modellashtirish masalasining qo'yilishi aniq harakatlar rejasini yuzaga keltiradi. Uni shartli ravishda
uch bosqichga bo'lish mumkin: model – algoritm – dastur.
Birinchi bosqichda ob'ektning matematik formada asosiy xossalarini u bo'ysunuvchi qonunlarni, qismlari uchun o'rinli bog'liqliklar va h.k.larni aks ettiruvchi “ekvivalenti” tanlanadi (yoki quriladi). Matematik model (yoki uning fragmentlari) nazariy metodlar yordamida tadqiq qilinadi, natijada esa ob'ekt haqida
dastlabki muhim ma'lumotlar olish mumkin.
Ikkinchi bosqich- modelni kompyuterda amalga oshiruvchi algoritm quriladi (yoki tanlanadi). Model sonli metodlar qo'llash uchun qulay shaklda tasvirlanadi, izlanayotgan kattaliklarni berilgan aniqlikda (shartlarda) topish uchun zaruriy hisoblash va mantiqiy operatsiyalar ketma-ketligi aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda model va algoritmni komyuter tushunadigan tilga “o'giruvchi” dastur yaratiladi. Ular uchun ham tejamlilik va moslashuvchanlik talablari qo'yiladi. Dasturlarni bevosita “tajriba qurilmasi” – kompyuterda sinash uchun yaroqli bo'lgan, o'rganilayotgan ob'ektning “elektron” ekvivalenti, modeli deb atash ham mumkin.

Download 21.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling